“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:46
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

17 yanv, 19:48 2 210 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi O‘zbekiston Prezidenti Jahon bankining vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va davom etayotgan loyihalari portfeli 5,5 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yili bank qiymati 1 milliard dollargacha bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni ma’qulladi. Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kim oshdi savdosi, shuningdek Vashingtonda "Mamlakat platformasi" taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi, - deyilgan xabarda.
Davlat rahbari ushbu yutuqlarning barchasi yaqin hamkorlik, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot natijasidir, deb ta’kidladi.

O‘z navbatida, Siril Myuller Jahon banki guruhi prezidenti Devid Melpassning samimiy tabriklarini yetkazdi va bankning O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Asosiy yo‘nalishlarda, jumladan qishloq xo‘jaligida, energetikada, neft-gaz sanoatida, transport sektorida va boshqa sohalarda islohotlarni amalga oshirishda, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yordamni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston va Jahon bankining yangi uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar