“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:13
ЎЗO‘Z

Morxo‘r va tog‘ qo‘yi tutqunlikdan qutqarildi

17 yanv, 22:32 5 705 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Morxo‘r va tog‘ qo‘yi tutqunlikdan qutqarildi Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadbirda Angor tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi A.N. “Qizil kitob”ga kiritilgan 1 bosh buramashoxli echki (morxӯr) va 1 bosh tog‘ qӯyini noqonuniy tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi.

– Mamlakatimizda hayvonot olami ham tegishli qonunlar bilan muhofaza qilinadi, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati rahbari M. Nurmatov. – Shu bois biron qonuniy to‘xtamga kelguncha parvarishlab turish uchun ular Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Bu yerda jonivorlar tegishli klinik veterinar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida taxminan uch yoshlardagi erkak jinsli buramashoxli echki va urg‘ochi tog‘ qo‘yining orqa o‘ng oyoqlari oqsayotgani, biroq, ishtahasi yaxshiligi aniqlandi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, jonivorlar davolash uchun alohida valerda saqlanib 30 kunlik karantin kuzatuviga olindi.

– Tuyoqlilar bo‘limiga keltirilgan mazkur jonivorlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq saqlash va parvarishlash uchun eng tajribali ishchilarni biriktirdik, – deydi hayvonot bog‘i direktori Sh.Ulashov. – Ayni paytda ahvoli yaxshi. Oqsayotgan oyoqlari ham ancha tuzalib qoldi.

Tutqunlikdan qutqarilgan morxo‘r va tog‘ qo‘yi mehr bilan parvarish qilinib, mutaxassislar nazoratida saqlanayotir.
Ayni paytda Termiz hayvonot bog‘ida 127 turdagi 763 bosh jonivor mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar