“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:22
ЎЗO‘Z

TVdagi tomoshalar tomoshabinning ko‘nglidan joy olayaptimi?

17 yanv, 21:24 2 961 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TVdagi tomoshalar tomoshabinning ko‘nglidan joy olayaptimi? Keyingi uch yil orasida ommaviy axborot vositalari, xususan, televideniye keskin rivojlandi. Davlat va xususiy telekanallar o‘rtasida tom ma’nodagi ijobiy raqobat boshlandi. Bu yaxshimi, yomonmi? Albatta, yaxshi. Chunki raqobat qanchalik ko‘p bo‘lsa, intilish, tomoshabinning ko‘nglini ovlashga harakat shunchalik rivojlanadi. Uzoq yillar davomida faqat hamdu sano aytishga o‘rganib qolgan TV aynan raqobat tufayli oldinga intilib, taraqqiy topadi. Xalqning ko‘nglidan joy oladi. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Eng asosiysi, boshqa OAVlar singari TVga ham tom ma’nodagi ijodiy erkinlik berildi.

Xo‘sh, biz bu erkinlikdan qanday foydalanyapmiz? Bugun turli kanallarimiz tomoshabinga taqdim etayotgan turfa ko‘rsatuvlardan ko‘nglimiz to‘layaptimi?

Bir qarashda bu savollarga “ha”, deb javob berishimiz mumkinday. Chunki bugun efirga uzatilayotgan TVning yigirmaga yaqin davlat va nodavlat kanallaridan o‘zingiz istagan mavzudagi ko‘rsatuvni topib ko‘rishingiz, yoqmagan kanaldan boshqasiga o‘tib ketishingiz mumkin. Lekin maqolani tayyorlash jarayonida biz suhbatlashgan ayrim yurtdoshlarimiz bu savolga “yo‘q”, deb javob berishdi. Biz suhbatdoshlarimizning nega “yo‘q”, deb javob berganlarini quyida izohlashga harakat qilib ko‘ramiz.

Ayrim ko‘rsatuvlar, xususan, tong­gi ko‘rsatuvlarni olib boruvchi boshlovchilar ekranda o‘zlarini ortiqcha erkin tutib yuboradilar. Bu ularning huda-behuda kulishlari, bachkana hazillari va ayniqsa, boshlovchi qizlarimizning tor, kalta yubka va ochiq kiyinishlarida yaqqol ko‘zga tashlanib qolmoqda. Bu haqda ayrim yoshlar bilan suhbatlashganimizda ular buni boshlovchining “erkin”ligi sifatida baholashdi. Yoshi kattalar esa madaniyatsizlikka meng­zashdi. Mayli, hammaning o‘z fikri bo‘lgani yaxshi. Biz ham ular haqida “yaxshi” yoki “yomon”, deb hukm chiqarish fikridan yiroqmiz. Aytmoqchi bo‘lganimiz, boshlovchi qizlarimiz o‘zlarini millionlab o‘zbek tomoshabinlari ko‘rishini hisobga olib, ekranda sa-a-al siporoq tutishsa yaxshi bo‘lishini eslatib qo‘ymoqchimiz, xolos.

Albatta, bir maqolada barcha telekanallar faoliyatini tahlil qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, bunga da’vogar ham emasmiz. Aytish kerakki, xususiy telekanallarimiz tom ma’noda endi-endi oyoqqa turayapti. Yuqorining bosimisiz faoliyat yuritishga o‘rganishyapti. Shu ma’noda ularning ayrim xato-kamchiliklaridan, boshqa mamlakatlar ko‘rsatuvlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirishlarga vaqtincha ko‘z yumish mumkindir. Lekin uzoq yillik tajribaga ega davlat telekanallarida ham bunday kamchiliklar uchrashi kishining g‘ashini keltiradi. Bu o‘rinda biz boshlovchi odobi, kiyimi haqida emas, ayrim qo‘l uchida tayyorlanayotgan ko‘rsatuvlar haqida fikrlashmoqchi edik.

Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Adabiy jarayon” ko‘rsatuvni kuzatdim. To‘g‘risini aytish kerak, shu ko‘rsatuvni yaxshi ko‘raman va imkon darajasida ko‘rib borishga harakat qilaman. Nazarimda, o‘zini ziyoli hisoblagan har qanday inson mamlakat hayotidagi adabiy jarayonni imkon darajasida kuzatib borishga harakat qiladi va bu tabiiy hol, albatta. Yangi yilning ilk kunlarida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”da yozuvchi Zokir Xudoyshukurning “Tuzoq” kitobi, yanayam aniqrog‘i, “Kayvoni momo cho‘pchaklari” turkumidan olingan “Qashqa biya nolasi” hikoyasi tahlil etildi. Ko‘rsatuvda Til va adabiyot institutining bir guruh talabalari va yozuvchi Anvar Suyun ekspert sifatida ishtirok etishdi. Tahlil, tanqid yaxshi. Axir aytadilar-ku, tanqid kelajakning mevasi.

Lekin ko‘rsatuvni ko‘ra turib menda tanqidni ham, tahlilni ham sohani bilgan mutaxassis qilgani, yanayam aniqroq aytganda, chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ygani yaxshi ekan degan fikr paydo bo‘ldi. Chunki ko‘rsatuv boshdan-oyoq tahlil emas, tanqid asosiga qurildi. Talabalardan biri ayt­diki, bir biya yoki bir toy haqida yozish shartmidi? (Avvaldan aytib qo‘yay, qatnashchilarning fikrlarini so‘zma-so‘z keltirmayapman.) Men o‘yladimki, ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ham o‘zining mash­hur “Qiyomat” asarida Akbara va Toshchaynar(bo‘ri)lar haqida yozib xato qilgan ekan-da. Axir ular ham odam emas, bo‘ri-ku!..

Ha, mayli, talaba-da, televideniyega birinchi chiqishi bo‘lsa shoshib qolgandir, nimadir degisi kelib, xato fikr aytib yuborgandir, buni ko‘rsatuv ijodkorlari bilmasdan yoki e’tiborsizlik orqasidan efirga uzatib yuborgandir deb o‘yladim. Ammo ekspert yozuvchi (Ekspert bo‘lgani uchun ham xato gapirishga haqqi yo‘q, deb o‘ylayman.) Anvar Suyunning bir gapi hammasidan oshib tushdi. Uning aytishicha, Zokir Xudoyshukur 1939 yillar (Sanaga e’tibor bering!) hikoyachiligiga xos fikrlarkan va yozarkan. Obbo, dedim o‘zimcha, biz ham yurgan ekanmizda kitob o‘qiymiz, qog‘oz qoralaymiz, deb.

Lekin badiiy asarlar nechanchi yillarda, qay uslublarda yozilganiga aqlimiz yetmas ekan. Keyin hurmatli ekspertimiz yana aytdiki, otlar rangiga qarab (Deylik, saman, to‘riq va hokazo) ajratilarkan. Biz o‘qigan asarlarda saman, to‘riqlar otning zoti sifatida keltiriladi va bu haqiqat haligacha biron-bir bilimdon tomonidan inkor etilmagan…

Xullas, men ko‘rsatuvdan olgan fikr shu bo‘ldiki, Zokir Xudoyshukur degani asar yozmasa ham bo‘lar ekan. To‘g‘risini aytib qo‘ya qolay, Zokir Xudoyshukurni men ham shu ko‘rsatuvgacha bilmas edim, baxtga qarshi biron-bir asarini ham o‘qimagan ekanman. Qiziqish ustunlik qilib, “Tuzoq”ni qidirib topdim.

Kitobdan o‘rin olgan qissalar, hikoyalar va ayniqsa, “Kayvoni momo cho‘pchaklari”daga “Qashqa biya nolasi”ni alohida e’tibor bilan o‘qib chiqdim. O‘qish jarayonida o‘zim uchun adabiyotga o‘zgacha bir ovoz bilan kirib kelayotgan yana bir yozuvchini kashf qildim. To‘g‘ri, biz asarini muhokama qilayotgan muallif hali klassik darajada ijod qilmayotgandir. Lekin uning yozganlari hayotiyligi va samimiyligi bilan o‘quvchi ko‘nglidan joy olishi shubhasiz.

Albatta, har qanday ijodkor bir kunda buyuk asar yaratmaydi. Buning uchun yillar tajribasi, ijod mashaqqati va eng asosiysi, Xudo bergan iqtidor bo‘lishi lozim. Zokir Xudoyshukurning asarlarini tanqid, tahlil qilish, xatolarini ko‘rsatish yaxshi, albatta. Faqat tahlil yoki tan­qid qilishdan avval asarni o‘qish, uqish kerak, nazarimda. So‘zimning so‘nggida “Adabiy jarayon” ko‘rsatuvi ijodkorlariga omad, Zokir Xudoyshukurga esa ijodiy yutuqlar tilayman.

15 yanvar kuni “Adabiy jarayon”ning yana bir soni efirga ketdi. Ustoz adib Xurshid Do‘stmuhammad va olim Sirojiddin Ahmad qatnashgan ko‘rsatuv Abdulla Qodiriy ijodiy merosiga bag‘ishlandi. Tan olib aytish kerak, ko‘rsatuvning boshidan oxirigacha kiprik qoqmay ko‘rdim. Bundan keyin “Adabiy jarayon” ijodkorlaridan ana shunday pishiq-puxta, tomoshabinni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘yadigan ko‘rsatuvlar kutib qolamiz.

Manba: "Xalq so‘zi"




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar