“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:15
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni parlamentga murojaatnoma yo‘llashi kutilmoqda

17 yanv, 15:50 3 196 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni parlamentga murojaatnoma yo‘llashi kutilmoqda Foto: «O‘zA»
Shu hafta oxiri va kelgusi hafta o‘rtalarigacha O‘zbekistonning yangi tarkibdagi parlamenti faoliyati bilan bog‘liq bir qator muhim siyosiy tadbirlar bo‘lishi kutilmoqda.

Xususan, joriy hafta yakunida, ya’ni 19 yanvar, yakshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga guvohnomalar topshiriladi.

- 20 yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston Prezidenti har ikki palata vakillari oldida alohida-alohida chiqish qiladi — dastlab Qonunchilik palatasida, so‘ng Senatda ma’ruza qiladi;
- 21 yanvar, seshanba kuni esa Parlament ikkala palatasining qo‘shma majlisi o‘tkazilib, unda Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilishi kutilmoqda;
- 22 yanvar, chorshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘llashi kutilmoqda. 2020 yilga qo‘yilgan yil nomi ham shunda e’lon qilinishi mumkin.

An’ana bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi va Davlat dasturida ko‘zda tutiladigan ustuvor yo‘nalishlar ham taklif qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrida Parlamentga murojaatnoma yo‘llagan va o‘shanda 2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb nom berilgandi. O‘zbekiston Prezidenti 2017 yildan beri Parlamentga murojaatnoma yo‘llab, kelgusi yilda amalga oshiriladigan islohotlar va davlat loyihalari borasidagi takliflarini berib kelmoqda. Ilk bor yo‘llangan murojaatnomadan keyin 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar