“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:52
ЎЗO‘Z

DBQ mutaxassisi: “Xorijdan chirigan texnika va uniqqan kiyim-kechak olib kelishni bas qilarsiz...”

14 yanv, 14:05 4 158 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DBQ mutaxassisi: “Xorijdan chirigan texnika va uniqqan kiyim-kechak olib kelishni bas qilarsiz...” Davlat Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati Bosh inspektori Husan Tangriyev Feysbukdagi sahifasida xorijdan keltirilayotgan chirigan texnika, uniqqan kiyim-kechaklar olib kirilishidan xavotirini izhor qildi.

"Haydovchilar mashinasiga ortib O‘zbekistonga olib kelayotgan yuklarni ko‘rib yana bir mulohaza tug‘iladi. Iltimos, xorijdagilar allaqachon ishlatib, chiqitga chiqargan eski texnikalar, uniqqan kiyim-kechaklaru, turli mayda-chuydalarni olib kirishni balki bas qilarsiz.

Axir, ular orqali siz yurtimizga qanchadan qancha kasalliklar, infeksiyalarni olib kirayotganingizni balki bilmassiz!
Ehtimol, siz xorijdan keltirilgan eski telefonning qachonlardik nurlanganini bilmasdan, ishlatib kasallik ortirganlarni eishtmagandirsiz?

Pul evaziga birovning yukini ko‘rmay-netmay olib kelib, ichida taqiqlangan diniy adabiyotlar borligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilgan haydovchilarni eshitmagandirsiz!" deb yozdi Husan Tangriyev.

"Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor degan maqoldan bo‘pti bu post. Shu narsalar muxojirlikda ishlayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekistondagi uyida yo‘qligi, oilasi shu narsaga bo‘lsa xam zoriqayotganligi uchun jo‘natayotgandir balki. Albatta men ham shunaqa eski narsalar olib kirilishini yoqlamayman, lekin bu narsa ilojsizlikdan qilinayotgandir deb o‘ylayman. Bu narsa jo‘natayotganlarga emas, ko‘proq bizning rahbarlarimizga uyat bo‘lishi kerak" deb izoh berdi foydalanuvchilardan biri.

"Har qanday vaziyatda ham men milliy g‘uruni birinchi o‘rinda qo‘yaman. Chetdagi eski tuskini titkilab, Vatanimga musor olib kirgandan ko‘ra, o‘z yurtimda och-nahor o‘lib ketsam ham roziman!" deb javob bergan H.Tangriyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya shaharlari orasida yengil avtomobilda qatnaydigan o‘nlab haydovchilar 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi oldida to‘planib, 1 yanvardan kuchga kirgan yangi bojxona tartibidan shikoyat qilgan edi.

Husan Tangriyevning iddao qilishicha, bojxona to‘lovlarini to‘lashning soddalashtirilgan yangi tartibiga e’tiroz bildirayotganlarning asosiy qismi suratdagi avtomashinalarning haydovchilaridir.

"Ox-xo, yengil mashinalarning ichiyu tashi, ostiyu usti yetmaganidek, qo‘shimchasiga telejka ulab, yuklangan tovarlarning barchasini bir kishining shaxsiy ehtiyoji uchun deyishsa, ishonasizmi? Menimcha yo‘q!

Yo‘g‘-e, bu yuklar xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizning uylariga yuborgan yuklari. Biz shularni tashib tirikchilik qilamiz demoqchimiz?
A-ha, demak, unaqasiga ham, bunaqasiga ham olganda bu yuklar sizning shaxsiy ehtiyojingiz uchun emas, tijorat uchun deb qaraladi!

U holda marhamat qilib, bojxona to‘lovlarini to‘lab qo‘yishni unutmang! Boz ustiga bu to‘lovlar avvalgisidan ko‘ra, sezilarli ravishda kamaytirildi.

Chunki, ayni shu to‘lovlardan farzandingizni o‘qitayotgan o‘qituvchi, keksa onangizni davolgan shifokorlar oylik oladi, sizni boqib katta qilgan keksa otangiz pensiya oladi" deb yozdi H.Tangriyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 1
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 1
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 8
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 87
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar