“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:13
ЎЗO‘Z

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan MCHJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

13 yanv, 10:49 3 009 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan MCHJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida fuqarolarning “Recruit Consulting Work Xususiy bandlik agentligi” MCHJ ishchilari ularga Shveysariya va Avstriyada ishga joylashishda yordam berishlarini va’da qilib, xizmat uchun pul olgach va’dalarida turmaganliklari haqida videosi tarqaldi. Aldangan fuqarolar videomurojaatni internetga joylashtirishga qaror qilishgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning iyul oyida 37 yoshli D.I., 45 yoshli M.K. yuqoridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga murojaat qilishgan va u yerda ularga 25 million so‘m va 16 million so‘m evaziga qarindoshlarini chet elda ishga joylashtirish va’da qilingan. Shu bilan birga, korxona tomonidan bir martalik konsultatsiya uchun shartnoma tuzilib, fuqarolarga taqdim etilgan. Aldangan ayollar ushbu shartnomalarni imzolaganlar va to‘lov to‘liq MCHJ hisob raqamiga o‘tkazilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, ushbu ayollardan tashqari mazkur MCHJga yana 22 kishi murojaat qilishgan va ularga ham xuddi shunday shartnomalar taqdim etilib, jami 445 000 000 so‘m olingan. MCHJ rahbarlari va’da qilgan ishlarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflaganlar.

Ushbu fakt asosida MCHJ rahbarlariga nisbatan 2019 yil 23 noyabr kuni Toshkent shahar prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 4-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2019 yil 23 dekabr kuni MCHJ ofisida o‘tkazilgan tintuv davomida ashyoviy dalillar sifatida quyidagilar topilgan: imzolangan shartnomalar, sertifikat, muhr va boshqa hujjatlar. 2019 yil 27 dekabr kuni MCHJning hisob raqami “muzlatildi”.

IIBB ma’lumotida aytilishicha, “Recruit Consulting Work xususiy bandlik agentligi” MCHJning jinoiy faoliyatidan jabr ko‘rganlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin: 71-281-90-75, 71-252-55-02, 71-281-92-31, 71-281-91-85.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 72
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 104
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 33
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar