“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun yangi jamg‘armalar tuziladi

13 yanv, 08:30 2 771 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun yangi jamg‘armalar tuziladi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, respublika jamg‘armasi daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash, Jihozlash va boshqa yo‘l ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
- O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 30 yil davomida uzish sharti va 5 yillik imtiyozli davri bilan ajratiladigan foizsiz kreditlar shaklida, 2020 yilda 50 mln. AQSH dollari va 2021-2024 yillarda har yili 100 mln. AQSH dollari;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash, saqlash, qishki qarov va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
- qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

Hududiy jamg‘armalar quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
- Mintaqaviy yo‘llarda loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjet va uning qo‘shimcha manbalaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
- Mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirish uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan maxsus yig‘imlar;
avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
- transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkasiga qo‘shimcha koeffitsiyentlarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘lar;
- Respublika jamg‘armasidan maqsadli transfertlar;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama ob’ektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari bo‘yicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, tashqi reklamaning o‘rnatilgan ob’ektlari (konstruksiyalari) uchun oylik to‘lovlarning 60 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasida joylashgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, savdo, servis ob’ektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa ob’ektlarini joylashtirish va qurish uchun mazkur yer uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larning 60 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
- qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

Qaror loyihasi muhokamasi 25 yanvargacha davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar