“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:28
ЎЗO‘Z

Allohning Rasuli nega xoinlikni kechirgan edilar?

10 yanv, 15:08 3 683 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Allohning Rasuli nega xoinlikni kechirgan edilar? Makka fath qilinish arafasida edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunga qat’iy amr qilgan edilar. Qo‘shinni tayyorgarlik ko‘rishini aytgan edilar. Sahobalarga Makka yurishini yashirishni buyurgandilar.

Hamma narsa rejadagiday ketayotgan edi. Makka ahlidan bo‘lgan sahobalar vatan tuprog‘ini ko‘zga surish va o‘pish ilinjida yonishar edi. Madinalik sahobalar esa Hudaybiyyada umra qilishdan man qilinganlari uchun qayta umra qilish ishqida yonishar edi.
Boshqa sahobalar esa Makkada azon tovushi, "Allohu akbar" nidosi barcha ovozlardan yuksalishini orzu qilishar edi.

Ammo kutilmagan ish bo‘ldi. To‘satdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ali, Zubayr va Miqdod roziyallohu anhumlarni "ravzatu xox" degan joyga tezlik bilan yetib borishlarini, bir ayol maktub olib ketayotganini, o‘sha ayolni tezda tutib olib kelishlarini aytdilar.

Uchala sahobiy darrov ayolning izidan tushishdi. Unga yetib olib maktubni berishini so‘rashdi. U bermadi. Sahobalar uning kiyimlarini yechib tekshirish bilan qo‘rqitishganida maktubni sochlari orasidan chiqarib berdi. Maktubni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga topshirishdi. Uni Hotib ibn Abi Balta’a roziyollohu anhu yozgan bo‘lib, unda Makkaga musulmonlarning fath qilish uchun borayotgani yozilgan ekan.

Bu ishonchga darz ketishidir. Xohlasang katta xiyonat, degin.
Hotib roziyollohu anhu o‘zining bu ishini Makkada qolgan ahlining zaifligi bilan bog‘ladi. Bu maktubi ila ahliga Quraysh aziyat bermasligini iroda qilganini aytdi.

Nabiy alayhissalom uning uzrini qabul qildilar. Ammo Umar roziyollohu anhu singari ehtiyotkorlik odati bo‘lgan zot o‘zining shiddati ila qilichini yalang‘ochlab:

"Izn bering, ey Allohning rasuli, bu munofiqning kallasini olay!" dedilar.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Yo‘q, ey Umar! U badrda ishtirok etgan. Qayerdan bilasan, ehtimol Alloh taolo Badr ahliga boqib: “Xohlagan ishingizni qiling. Men sizni mag‘firat qildim", degan bo‘lsa-chi?”

"Badrda ishtirok etgan!".
Birodar! Agar insonlardan xatolik o‘tsa ularning porloq tomonini eslay olamizmi? Yoki ilk xato qilishi bilan barcha yaxshiliklarini unutib ular bilan yashab o‘tgan shirin lahzalarini yoddan chiqaramizmi?

Hamma insonning hayotida "badrda ishtirok etish" bor. Nega endi ana shu badr ila anavi xatolarni yo‘qotmaymiz? Aksincha, xatolari ila badrini yo‘q qilishga harakat qilamiz. Nega insonlardan doimo farishta bo‘lishlarini talab qilamiz? Axir eng chopqir ot ham toyiladiku!

Har qanday qadam sirpanadiku!
Har qanday mohir o‘q otar ham xato qiladi.

Ayolingiz bolalarni tarbiyalab, pishirib-kuydirib, ularga dars qildirib har kuni "badr"da ishtirok qiladi. Nega endi birgina xatosi tufayli uning xizmatlarini yo‘qqa chiqarasiz?

Eringiz sizni deb, farzandlarini deb kecha-yu kunduz yuguradi, mashaqqat chekadi. Bu uning uchun "badr". Nega endi uning birgina xatosi uchun "sizdan nima ko‘rdim?", deysiz? Uning "badr"ini
hisobga olmaysiz?

Xizmatchi bitta xato qilsa mudir nega endi uning oldingi barcha xizmatlarini yo‘qqa chiqarib unutishi lozim?
Yoki mudirning birgina tergashi sabab nega xizmatchi uning oldingi yuzlab go‘zal muomalalarini unutishi kerak?

Ota-ona nega farzandining birgina xatosi sabab uning bir umrlik yaxshiligini unutishi lozim?
Nega farzand unga bir umr yaxshilikni sog‘ingan ota-onasining birgina insoniy zaifligi sabab yaxshiliklarini yoddan chiqarishi lozim?

Hammaning "badr"i bor. Uni muhofaza qiling!
Birgina ko‘rinish tufayli butun boshli manzarani barbod qilmang!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 31
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 71
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 343
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar