“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:13
ЎЗO‘Z

Mehnat vazirligi 1 fevraldan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari miqdorini e’lon qildi

10 yanv, 12:29 6 013 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehnat vazirligi 1 fevraldan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari miqdorini e’lon qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yil 1 fevral kunidan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari miqdorini e’lon qildi.

Ma’lumotda tarif razryadlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentabrdagi 775-son qarori 1-ilovasida belgilangan YATSning tarif koeffitsiyentlari va prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori 7-bandi va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan tarif koeffitsiyentlari asosidagi, 2020 yil 1 fevraldan boshlab kiritiladigan tarif stavkalari so‘mda keltirilgan.

2020 yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;
- eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m etib belgilandi.

Soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar