“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:18
ЎЗO‘Z

Toshkentda «Jihodchilar»ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi

10 yanv, 08:30 4 448 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda «Jihodchilar»ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 7 yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida faoliyati O‘zbekistonda taqiqlangan «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxslar O‘zbekiston hududida Suriyada panoh topgan terroristik uyushma a’zolarining topshiriqlarini bajarib kelgan. Ular aholi orasida qonunga xilof ravishda targ‘ibot olib borib, «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimining g‘oyalarini tarqatgan hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Shuningdek, ular O‘zbekistondagi yoshlar orasida o‘zlarining aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib, Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilib, jinoyat sodir etishga da’vat qilgan. Ta’kidlanishicha, ushlangan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

«Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qarori bilan «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimi O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Avvalroq, 2019 yilning 23 oktabr kuni ham Toshkent shahrida mazkur oqimning bir guruh a’zolari qo‘lga olingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar