“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Muzlama tufayli «Taxtiqoracha» dovonida transport harakati yana cheklandi

06 yanv, 21:53 3 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muzlama tufayli «Taxtiqoracha» dovonida transport harakati yana cheklandi Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB
6 yanvar kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidan Qashqadaryo viloyatiga o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 «Olmaota–Toshkent–Termiz» avtomobil yo‘lining «Taxtiqoracha» dovonidan o‘tgan qismida harakat yana vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqand viloyat IIB YHXBning ma’lum qilishicha, yo‘lning 1132–1135 km.larida qorning qalinligi 30 sm.dan oshib, qatnov qismida muzlama hosil bo‘lgan, qor yog‘ayotgani natijasida ko‘rish masofasi cheklangan.

«Shuningdek, yo‘lning Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan qismida ham qor qalin yog‘ib, muzlama hosil bo‘lganligi sababli Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2020 yil 6 yanvardagi 1/26-sonli xatini inobatga olgan holda avtotransport vositalarining harakatlanishi soat 18.00da vaqtincha to‘xtatildi», – deyiladi boshqarma axborotida.

Yo‘lning «Taxtiqoracha» dovonidan o‘tgan qismida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
• yo‘lni qordan tozalash uchun 2ta avtogreyder;
• yo‘lga qum sepish uchun 4 ta«MAN» yuk avtomobillari;
• Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasidan 16 nafar ishchi;
• viloyat IIB YHXBdan 8 nafar xodim va 4ta patrul avtomashinasi;
• viloyat FVBdan 6 nafar xodim va 2ta avtotransport vositasi jalb qilingan.

Hozirgi vaqtda barcha transport vositalarining harakati A-378 «Samarqand–G‘uzor» avtomobil yo‘li orqali tashkil etilgan.

Samarqand viloyat IIB YHXB haydovchilardan transport vositasini boshqarish chog‘ida hushyor bo‘lishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, «Taxtiqoracha» dovonidan o‘tgan yo‘l 4 yanvar kuni ham yopilib, 5 yanvar tongida qayta ochilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar