“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kuni qancha chaqaloq tug‘ildi?

01 yanv, 23:14 4 116 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kuni qancha chaqaloq tug‘ildi? 2020 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Tug‘ilganlarning 4 nafari egizaklar. Ayni paytda shifokorlar ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

«Yurtimizda shu kunlari bayram munosabati bilan davom etayotgan dam olish kunlarda vazirlik tizimida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi 2351ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, shoshilinch hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari bilan bir qatorda respublikamizdagi mavjud 218ta tug‘ruq komplekslarida bayram kunlari ham tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ularda 230ga yaqin muntazam ishlayotgan navbatchi akusherlar brigadasi xizmat ko‘rsatyapti», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni soat 19:00gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 2019 yil 1 oktabr holatida 33 million 724 500 kishini tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar