“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:16
ЎЗO‘Z

Korrupsion normalar: kim nimadan manfaatdor?

28 dek, 16:43 3 120 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsion normalar: kim nimadan manfaatdor? Transparency International tashkilotining 2018 yilda e’lon qilgan reytinglariga ko‘ra O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha 23 ball bilan 183 ta mamlakat orasida 158-o‘rinni qayd qilgan. Bu achinarli holat albatta.

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan bu illatdan qutilish oson kechmayapti. Xalqaro reytinglar ham buni tasdiqlamoqda.

Albatta, korrupsiya darajasini qisqartirishga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning biri qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining o‘zida korrupsion normalarning mavjudligi va bunday normalarning amaliyotga joriy etilishining oldini olishdir.

Turli nodavlat notijorat tashkilotlarga majburiy a’zoliklar, maishiy texnika vositalari importi uchun yuqori bojlar, turli-xil tovarlarni eksport-import qilishni muayyan tadbirkorlarga Hukumat qarori bilan monopol huquq qilib berilishi bularning barchasi korrupsiyaga qarshi ekspertizaning naqadar “kuchli” ishlayotganidan dalolat beradi.

Qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyoti (ro‘yxat raqami 2745, 2015 yil 25 dekabr) bilan tartibga solingan.

Rossiya Federatsiyasi
Rossiya Federatsiyasining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunida NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning tartib-qoidalarini, tashkiliy-huquqiy asosini belgilaydi, shuningdek, NHHlar majburiy tartibda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi, tekshirish natijalari bo‘yicha korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish bilan bog‘liq jarayon.

Moldova Respublikasi
Moldova Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini qorrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” Qoidalariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi ekspertiza deganda, korrupsiya hamda korrupsion tavakkalchiliklar bilan bog‘liq salbiy huquqiy oqibatlar kelib chiqishini oldini olish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni tekshirish protsessiga nisbatan aytiladi. Shu jumladan aytib o‘tishimiz lozimki, ushbu hujjatga asosan, Moldova Respublikasida korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertiza o‘n kunlik muddat ichida, alohida hollarda bir oygacha uzaytirilishi mumkin, tegishli korrupsiyaga qarshi ekspertiza ikki xil usulda, ya’ni yozma holatda (written methodology) yoxud kompyuter vositasi orqali elektron tarzda tegishli programmadan foydalangan holda (software) amalga oshiriladi.

Qozog‘iston Respublikasi
Qozog‘iston Respublikasida NHHlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish davlat organlari va ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Xususan, Qozog‘iston gumanitar-huquq instituti, shu jumladan, Qozog‘iston Respublikasi qonunchilik instituti Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilishiga shart-sharoit yaratadigan holatlarni, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni aniqlash bilan bog‘liq amaliy harakatlarni bajaradi.

Belorussiya Respublikasi
O‘zbekiston qonunchiligidan farqli ravishda Belorussiya Respublikasi qonunchiligida NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tushunchasi mavjud emas, ushbu tushunchaga NHHlarni kriminologik ekspertizasining tarkibiy birligi sifatida qaraladi.

Xususan, Belorussiya Respublikasi Prezidentining 244-sonli Qarorida kriminologik ekspertiza huquqni muhofaza qilish sohasida (jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash, korrupsiya), davlat xizmati, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda jinoiy xarakterga ega bo‘lgan xavflarning paydo bo‘lishi, mazkur sohalarda kriminogen oqibatlarni ekspertiza qilishda namoyon bo‘ladi.

Takliflar

Birinchidan, qonunchilikka adliya organi xodimi tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoradan korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab murojaat qilgan vaqtdan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida tegishli qo‘shimcha hujjatlar taqdim qilinishiga oid qo‘shimchalar kiritilishi lozim.

Ikkinchidan, qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bosqichlarini joriy etish talab etiladi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza umumiy baholash, hujjatning qonuniyligini tekshirish va uning tarkibiy birliklarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda xulosa qilish kabi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin.

Umumiy baholash bosqichida hujjatning predmet, maqsad va kategoriyasi tegishli tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatning qonuniyligini korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish deb, moliyaviy iqtisodiy asosi, ta’minoti, shaffofligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish nazarda tutiladi.

Xulosa bosqichida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi lozim:
- hujjatda korrupsiyaviy omillarni o‘z ichiga olgan normalar aniqlanmadi, tegishli hujjatqonuniy hisoblanadi;
- hujjatda korrupsiyaviy omillarni o‘z ichiga olgan normalar aniqlandi hamda ular bartaraf etilishi zarur.

Uchinchidan, xorij tajribasi asosida, korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizani alohida hollarda bir oygacha uzaytirilishi mumkinligi bo‘yicha norma kiritilishi lozim.

To‘rtinchidan, vazirlik va idoralarning yuridik xizmati xodimlarini loyihalarni huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha malakasi va mas’uliyatini oshirish.

Bu borada vazirlik va idoralarning yuridik xizmati xodimlarini Adliya vazirligining qonunchilik boshqarmalarida bir yilda bir marotaba loyihalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha bir haftalik stajirovka o‘tashlari kerak.

Abdurayimov Sardor
Adliya vazirligi mas’ul xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar