“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:08
ЎЗO‘Z

DXX qariyb 11,5 kg “gashish” va “opiy” giyohvand moddalari savdosiga chek qo‘ydi

27 dek, 20:00 3 041 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX qariyb 11,5 kg “gashish” va “opiy” giyohvand moddalari savdosiga chek qo‘ydi Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi “M.A.” Quva tumanidagi dehqon bozori hududida 8 kg. 698 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi bilan ushlandi. Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik moddasi mamlakatimizga Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Boshqa bir holatda esa “Vodil - Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi “T.B.” boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, 504 gr. “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida aniqlanishicha, “T.B.” ushbu og‘uni Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumanida yashovchi shaxsdan 1.500 AQSH dollariga sotib olgan va aylanma yo‘llar orqali Farg‘ona tumaniga olib kirgan.

Bu kabi giyohvand moddalar savdosi Andijonda ham fosh etildi. DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Asaka tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan “Yu.S.” va uning sherigi “T.M.” 802 gr. «gashish» giyohvandlik moddasi bilan ushlandi. Ular ushbu giyohvand moddani Marhamat tumanida yashovchi, “F.F.”dan 9.900 AQSH dollariga sotib olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu ishga aloqador bo‘lgan “F.F.” hamda “A.M.”lar ham ushlandi va “F.F.”ning yonidan giyohvand modda savdosiga tegishli bo‘lgan 2.600, “A.M.”ning yonidan esa 7.300 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Toshkent viloyati Bekobod shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida muqaddam sudlangan mahalliy fuqarolar “B.U.” va “E.B.” qo‘shni Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 995 gr “opiy” giyohvand moddasini 8000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Shuningdek, dastlabki surishtiruv ishlari vaqtida “E.B.”ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda xonadon hovlisiga 490 gramm “gashish” moddasi qo‘mib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida jami 10 kg 494 gr «gashish» va 995 gr “opiy” giyohvandlik moddalari musodara etildi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 254
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar