“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:16
ЎЗO‘Z

Vatanparvarlik oyligi qizg‘in o‘tmoqda (foto)

27 dek, 17:01 10 730 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vatanparvarlik oyligi qizg‘in o‘tmoqda (foto) Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yetakchiligida barcha vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan taraqqiyotiga xissa qo‘shaman” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Kogon shahridagi vatanparvarlik sinfi o‘quvchilari o‘rtasida “Men ham gvardiyachi bo‘laman” nomli sport musobaqasi va madaniy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga biriktirilgan maktablardagi harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilarining Farg‘ona shahri Temurbeklar maktabiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif chog‘ida yoshlar Temurbeklar maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi harbiy xizmatchilari tomonidan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanidagi 112 va 223-maktab o‘quvchilari bilan “Men ham Vatan ximoyachisi bo‘laman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Sh.Rashidov tumanidagi 27-maktabda 400 ga yaqin o‘quvchilar jalb qilingan holda “Armiya yoshlar nigohida” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, unda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Jizzax shahridagi 22-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Qo‘l jangi” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. Tadbir yakunida hech bir ishtirokchi e’tiborsiz qolmadi va boshqarma boshlig‘i nomidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya va Xalq ta’limi boshqarmalari, viloyat yoshlar ittifoqi kengashi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, Viloyat bolalar o‘smirlar sport boshqarmasi, 2-sonli musiqa maktabi, San’at kolleji orkestr jamoasi bilan hamkorlikda Guliston shahar bolalar o‘smirlar sport o‘yingohida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida 2000 dan oshiq Xalq ta’limiga qarashli maktab o‘quvchi yoshlari bilan konsert dasturi, ko‘rgazmali chiqishlar va qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda harbiy texnika paradi o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Qo‘qon shaxri 8-maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari bilan “Qurolli Kuchlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni va roli” mavzusida targ‘ibot mashg‘ulotlari tashkillashtirildi.

Andijon viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Andijon tumani 31-maktabning 5-6-7-sinf o‘quvchilari bilan “Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida 300 dan ortiq o‘quvchi yoshlar jalb qilingan holda Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan badiiy kecha hamda sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarning davomi sifatida Navoiy viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi “Qatag‘on qurbonlari muzeyida” uch avlod uchrashuvi va Navoiy shahar 1-maktab o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Albatta, “Vatanparvalik oyligi” munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar armiya va xalq yakdilligini mustahkamlashda hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, shijoat va mardlik tuyg‘ularini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatanparvarlik oyligiga bag‘ishlangan shu kabi ishlar respublikamizning turli hududlarida qizg‘in davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar