“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

«Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi

25 dek, 20:53 3 227 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 25 dekabr kuni soat 12:40 larda Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Kobalt”, “Spark” hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalar haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka tushib ketgan.

Xabarda aytilishicha, hodisada hech kim tan jarohat olmagan. Voqea joyiga 11-nazorat guruhi qutqaruvchisi xizmatchi D.Sultonov va “Qamchiq” navbatchilik maskanidan kichik serjant Y.Maxmetov boshchiligida 5 nafar qutqaruvchilar “Kamaz” rusumli maxsus avtomashinada hamda “Sherobod” YPX xodimlari, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK maxsus texnikalari va xodimlari yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalarining haydovchi va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilib, avtomashinalar handakdan chiqarildi. Shundan so‘ng, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Foto: fvv.uz

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, soat 13:00 da yana bir yo‘l transport hodisasi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushadi. Unga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK ga qarashli “MAN” rusumli KDM (tuz-qum sepadigan mashina) yuk avtomashinasining ortidan kelib urgan .

Buning natijasida, “Neksiya” avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatini olishgan. Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar