“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:05
ЎЗO‘Z

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartirildi

25 dek, 17:30 4 333 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartirildi Foto: prokuratura.uz
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi 746–XII-sonli Qonuni 49-moddasining (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) ikkinchi qismidagi «ma’muriy huquqbuzarlik va» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

Hujjatga ko‘ra, bundan buyon prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 5 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘RQ–471-sonli Qonuni 37-moddasining (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) uchinchi qismi chiqarib tashlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari faqat Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin ekani bekor qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 60
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar