“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:32
ЎЗO‘Z

2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab bodikameralar amaliyotda ishlatiladi

24 dek, 12:31 3 164 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab bodikameralar amaliyotda ishlatiladi Foto: IIV axborot xizmati
AOKAda Ichki ishlar vazirligi, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidagi islohotlar, prezidentning 2017 yilning 11 iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, prezidentning 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi belgilab berildi.

Nizom talablariga ko‘ra 2019 yil 1 iyuldan boshlab YPX xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqda yo‘l harakati ishtirokchisini ogohlantirishi belgilangan edi. Lekin mobil videokamerani olib kelish va joriy etish bo‘yicha ayrim texnik sabablarga ko‘ra ushbu muddat 2020 yil 1 yanvarga ko‘chirildi.

Bildirilishicha, mobil videokameradan (bodikamera) foydalangan holda xizmat olib borish, xodimning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda shaffoflikni ta’minlaydi hamda haydovchi va xodim o‘rtasidagi turli xildagi bahsli holatlar barham topadi.

Jumladan,
- haydovchi va xodimning noqonuniy muloqotga kirishi hamda korrupsion holatlarining oldi olinadi;
- xodimlar tomonidan harakat ishtirokchilariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari sodir etilishining oldini olish imkonini yaratadi;
- shuningdek, harakat ishtirokchilari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa yoki xodimga nisbatan tajovuzkorlik qilinganda va haqoratli so‘zlar ishlatilganda, ularning aybini isbotlash uchun bodikameraga olingan video yozuvdan foydalaniladi;
- jamoat joylaridagi vaziyatni, fuqarolarning harakatlari va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi;
- xodimning xizmat faolitini real-vaqt(onlayn) rejimida nazorat qil imkonini beradi.

Ma’lum qilinishicha, bodikameralar 2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab amaliyotda ishlatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 0
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 79
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 27
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar