“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:33
ЎЗO‘Z

Parlament saylovi natijalari e’lon qilindi

23 dek, 15:08 5 131 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Parlament saylovi natijalari e’lon qilindi Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 150 saylov okrugining 128tasida deputatlar saylandi.
22 dekabr kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlamentda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, parlament saylovi o‘tkazilgan 150ta saylov okrugidan 128tasidan deputatlar saylangan:

- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;
- «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi – 35 nafar;
- «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 21 nafar;
- Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;
- Ekologik partiya – 11 nafar.

Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya’ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.

Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi. Bu okruglarda ikki haftadan keyin takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

MSK raisining aniqlik kiritishicha, xorijdagi saylovchilarni ham hisobga olganda umumiy davomat 67,8 foizni (13 963 627 nafar saylovchi) tashkil etgan.

150 ming saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalangan. Qirqqa yaqin mamlakatda tashkil etilgan ellik beshta saylov uchastkasida 112 ming 411 saylovchi ovoz bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar