“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:37
ЎЗO‘Z

Samarqandda ayolni do‘pposlab, holatni videoga olib tarqatgan 2 erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi

19 dek, 23:36 4 173 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda ayolni do‘pposlab, holatni videoga olib tarqatgan 2 erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi Foto: «Gazeta.uz»
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi F.U.ni «Qum-ota buva» fermer xo‘jaligi dalasida fermer xo‘jaligi raisining ukalari haqoratlab, kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Fuqaro F.U.ga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning 26 oktabr kuni soat 03:00 atrofida I.O‘. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, akasi B.O‘. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, mahalladoshi F.U.ni go‘yoki Oqdaryo tumanidagi «Qum-ota buva» fermer xo‘jaligi yer maydonida ekib parvarishlagan mosh poyasini o‘g‘irlashda gumon qilib uni ushlab olgan.

I.O‘. o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, akasi B.O‘. bilan F.U.ni urib, do‘pposlab, uni og‘riqli ta’sirlar bilan qiynagan. Shuningdek, F.U.ga jismoniy azob berib, uning belida bo‘lgan qizil rangli piyoz xalta bilan qo‘llarini orqaga qayirib bog‘lab, unga zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan. Qiynoq holatini tasvirga olib, tayyorlangan zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videoni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan.

Bundan tashqari I.O‘. akasi B.O‘.ga F.U.ga hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uni do‘pposlagan. Qulog‘ida bo‘lgan bir juft bahosi 2 000 000 so‘mlik tilla sirg‘alari va bir dona 1 000 000 so‘mlik Samsung Galaxy J-1 ACYE rusumli telefon apparatini, umumiy bahosi 3 000 000 so‘mlik mol-mulklarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tumani sudining raisi Ilyos Doniyorovning ma’lum qilishicha, I.O‘. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 110-moddasi 1-qismi (Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqa harakatlar bilan qiynash), 130-1-moddasi 2-qismi «b» bandi (Biri guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish), 138-moddasi 2-qismi «a» bandi (jismoniy azob berib, zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) va 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talonchilik sodir etish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi B.O‘. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28,110-moddasi 1-qismi, 130-1-moddasi 2-qismi «b» bandi, 28,138-moddasi 2-qismi «a» bandi va 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar