“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:57
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha surishtiruv boshlagan

19 dek, 12:46 3 765 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha surishtiruv boshlagan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatining rivojlanishi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq o‘rtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAV roli, so‘z erkinligini ta’minlash kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Tadbirda mas’ul shaxslarga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning bloger haqidagi gaplari xususida savol berildi.

«Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha Bosh prokuratura surishtiruv boshlabdi. Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga ko‘ra, G‘aniyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning «janozasi o‘qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar