“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:11
ЎЗO‘Z

Deputatlikka nomzod ma’muriy javobgarlikka tortildi. U saylovchilarni un va yog‘ bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘lgandi

18 dek, 17:36 3 364 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputatlikka nomzod ma’muriy javobgarlikka tortildi. U saylovchilarni un va yog‘ bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘lgandi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod bo‘lgan Abror Axmedov saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun ularga arzon narxda yog‘ sotish orqali saylovoldi tashviqotini olib borib Saylov kodeksini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Xususan, «Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Axmedov 15 dekabr kuni Chilonzor tumani «Katta Chilonzor-1» mahalla fuqarolar yig‘ini va 16 dekabr kuni «Katta Chilonzor-2» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, «O'zlidep» logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali, rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini ko‘rsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Deputatlikka nomzod A.M.Axmedov o‘z harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-5-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan.

Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan A.M.Axmedovga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar