“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Fuqarolik qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi

18 dek, 14:25 3 315 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolik qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi Joriy yilning 11-13 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F-5464-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosi yuzasidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari ishtirokida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Fransiyaga xizmat safari tashkil etildi.

3 kun davomida Fransiya Respublikasi Adliya vazirligi, Parij Panteon Assas universiteti qoshidagi Qiyosiy huquq instituti, Kontinental huquqni o‘rganish instituti, Kassatsiya sudi hamda Sud’yalar va prokurorlar tayyorlash milliy maktabi hamda boshqa tashkilotlarda Fuqarolik kodeksining umumiy qoidalari, majburiyat huquqi, ashyoviy huquq, yuridik shaxslar, qimmatli qog‘ozlar, xalqaro xususiy huquq, oila va meros huquqi, intellektual mulk huquqi yo‘nalishlari bilan bog‘liq muhokamalar tashkil etildi.

Jumladan, tashrifning birinchi kuni Parij Panteon Assas universiteti qoshidagi Qiyosiy huquq institutida professor Benedikte Faurak-Kosson, Lui Suayr, hususiy huquq va qimmatli kog‘ozlar bo‘yicha professor Antuan Tuzain, shartnoma huquqi bo‘yicha ekspert Maksim Kormelar bilan savol-javob shaklida o‘tgan davra suhbatida Fransiya fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

Fransiya Adliya vazirligidagi uchrashuvda Fransiyaning Fuqarolik kodeksi qabul qilingan (1804 yil)dan beri olib borilgan fuqarolik qonunchiligini isloh qilish bosqichlari o‘rganildi. Xususan, 2016 yilda Fransiya Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar natijalari tahlil qilindi.

Kontinental huquqni o‘rganish institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari tomonidan yuridik shaxslar, intellektual mulk, shartnoma huquqi bo‘yicha Fransiya tajribasi batafsil o‘rganildi. Shu bilan birga, Fransiya Kontinental huquqni o‘rganish instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti o‘rtasida huquqiy tadqiqotlar, qadrlar malakasini oshirish, o‘quv treninglar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ham muhokama etildi.

Fransiyada uch kun davomida bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi doirasida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini tayeomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari va xorijiy ekspertlar bilan kelgusida fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, tashrif chog‘ida barcha tashkilotlarga, ekspertlarga 2020 yil 23-25 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Tashkent Law Sring” II Xalqaro yuridik forumi haqida ma’lumot berildi.
Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va AQSH Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) hamkorligida amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar