“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:12
ЎЗO‘Z

Oliy sud raisi: «Bir-birimizni cho‘qish emas, birga ishlashimiz kerak»

18 dek, 14:01 2 901 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy sud raisi: «Bir-birimizni cho‘qish emas, birga ishlashimiz kerak» O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta’minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilovning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar o‘rtasida sud sohasi bo‘yicha mutaxassis deyarli yo‘qdir.

«Sud mustaqil bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p gapirilyapti. Biz jurnalistlarni ochiq muloqotga chaqirib kelyapmiz. Jurnalistlar o‘rtasida soha bo‘yicha mutaxassisning o‘zi yo‘q. Shanba kuni ochiq eshiklar kuni sifatida e’lon qilindi, lekin hech kim kelmadi. Hozir hamma yo‘l sudga olib kelyapti.

Suddan ochiqroq biror tashkilot bormi? Lekin, uning ham o‘z me’yori bo‘lishi kerak. Masalan, ma’lum toifadagi ishlarda hech kim ishtirok etolmaydi. O‘z navbatida, advokatlarga to‘siqlik yo‘q, qayerda buncha imkoniyat berilgan? Birga ishlashimiz kerak, bir-birimizni cho‘qish emas, balki birga harakat qilishimiz lozim. Sud mustaqilligining buzilishi bo‘yicha fakt bilan gapirish kerak», - dedi Kozimjon Komilov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar