“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:51
ЎЗO‘Z

Vazir ta’lim sohasidagi eng katta muammoni aytdi

17 dek, 20:23 3 022 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir ta’lim sohasidagi eng katta muammoni aytdi O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Kelajak avlodlar manfaati uchun barqaror rivojlanish: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hozirgi kunda og‘ir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilishga e’tibor qaratishi lozim.

«Biz og‘ir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilishga e’tibor qaratishimiz lozim. Bolalarni axborot texnologiyalari, ingliz tiliga qiziqtirish kerak. Shunda fuqarolarning boshqa davlatga ko‘chib o‘tishiga hojat qolmaydi. Ular O‘zbekistonda turib, ingliz tilini bilgan holda, chet elga xizmatlarni eksport qilishi mumkin bo‘ladi. Ertaga maktabdan keyin ham ish topishga qiynalmaydi.

Ta’lim sohasidagi eng katta muammo - rahbar kadrlar yetishmasligi. Fidoyi, yaxshi maktab direktorlarini topishga qiynalyapmiz. Bu ta’lim sohasidagi mutaxassislarning pul topish darajasi boshqa sohadan orqada bo‘lgani bilan ham bog‘liq edi», - deydi Sherzod Shermatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar