“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:23
ЎЗO‘Z

Calkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan «Human» bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlandi

16 dek, 20:50 3 622 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Calkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan «Human» bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlandi Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Bugun, 16 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Sudlanuvchi Shohnur Fayzullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi, 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a» bandi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish), 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi «a» bandi va 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblovga ko‘ra Toshkent shahrida joylashgan «Human» xususiy bandlik agentligi MCHJning rahbari Shohnur Fayzullayev va boshqalar respublika viloyatlarida vakolatxonalar tashkil etib, jamiyat tashkil topgan kundan 2019 yil 13 sentabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga ishga joylashtirishni va’da qilib, har bir fuqarodan taklif etilgan ishdan kelib chiqqan holda 6 300 000 so‘mdan 35 000 000 so‘mgacha pullarni agentlikning bank hisob raqamiga to‘lash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu fuqarolarni hech qayerga yubormasdan juda ko‘p miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Shohnur Fayzullayev o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, tuzilgan jinoiy reja asosida «Human» xususiy bandlik agentligi MCHJni tashkil etib, AKIB «Ipoteka bank» Yakkasaroy filialidan jamiyat hisob raqamini ochib, g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida tovarlar savdosi qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzib, 143 080 000 so‘m pul mablag‘i korxonaning buxgalteriya hisob registrlarida tegishli tartibda aks ettirmasdan belgilangan tartibda bank muassasasiga topshirmaganligi, jamiyatning birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yashirib, hujjatli tekshiruvga taqdim qilmaganligi, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarning kelib chiqishiga qonuniy tus berishga erishganligi, soxta tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilgan.
Jinoyat natijasida 1 198 nafar fuqaroning manfaatlariga zarar yetkazilgan. Jinoyat ishi doirasida 5 ta ko‘chmas mulk va 5 ta avtotransport vositasi xatlangan.

Jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlash rejalashtirilgan.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayrulla Rahmonov raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar