“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:57
ЎЗO‘Z

“Partiyalarimiz “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi”

16 dek, 18:40 2 775 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Partiyalarimiz “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi” Yarim soat avval "O‘zbekiston-24" kanalining "Halqaro press klub" dasturida partiyalar debati bo‘ldi. Jonli efirda besh partiya ancha talashdi. Eng ko‘p o‘zaro talashgani O‘zLiDeP va Milliy Tiklanish bo‘ldi. XDP vakili: "shu besh yilda, siz - ikki partiya Demokratik Blok tuzib, birga bo‘ldilaring. Hozir nega bunaqa tomosho ko‘rsatayapsilar?!" deb, hayron bo‘ldi.

O‘zLiDeP – liberal partiya. Milliy Tiklanish – konservativ. Lekin, ikkala partiya ham o‘ng qanotda joylashgan. O‘zLiDeP – iqtisodiy o‘ng qanotda, Milliy Tiklanish – madaniy o‘ng qanotda. Shu nuqtai nazardan, ularning ittifoq qurishiga asos bor edi. Lekin, bizning partiyalar “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi. Bu pozitsiyalarni tushungan partiya vakillari ham o‘z mafkuralarida muttasil turisha olmaydi.

Debatda “majoritar” saylov tizimidan “partiyalar ro‘yxati” saylov tizimiga o‘tish muhokama qilindi. Bu tizimga o‘tishga ko‘proq O‘zLiDeP qarshi chiqdi, bu partiya vakili “aralash tizim bo‘lsin” dedi. O‘zLiDeP partiyaviy ro‘yxatlardan qo‘rqyapdi.

Agar partiyalar ro‘yxatiga o‘tilsa, partiyalar va parlament, haqiqatda jonlanishi kerak deb o‘ylayman. Ayni paytda, O‘zbekiston ichidagi tanishlarimni aytishicha, tuman hokimliklarida aniq nomzodlar uchun ovoz to‘plash, saylov kuni ularni yutug‘ini ta’minlash vazifalari qo‘yilmoqda. Bu tanishlarim ushbu tizimlarda ishlaydigan odamlar.

Saylovlar – bu ijtimoiy-siyosiy kelishuv. Demokratik saylovlarda, partiyalar va nomzodlar, odamlarning vakolatini olish uchun, jamiyatning muammolarini malakali olib chiqishadi va bu muammolarga malakali yechim taklif qilishadi. Shu hisobiga, demokratik davlatlarda siyosiy tafakkur nihoyatda rivojlangan bo‘ladi, har qanday inqirozlar vazminlik bilan, muttasil hal qilib borilaveradi. Hokimlarning bu tizimga aralashishi – korrupsiya va qoloqlik ifodasi hisoblanadi. Natijada, jamiyat yutqazadi, davlat yutqazadi.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar