“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:59
ЎЗO‘Z

Yulduz Usmonova «Gulisan» qo‘shig‘i atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

16 dek, 14:44 5 259 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduz Usmonova «Gulisan» qo‘shig‘i atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi.
Cuhbat davomida u Gulnora Karimova haqida kuylagan «Gulisan» qo‘shig‘i buyurtma bo‘lgani, o‘sha vaqtlarda boshidan nimalar o‘tgani haqida gapirib berdi.

Yulduz Usmonova:
«Gulisan» qo‘shig‘ini buyurtma qilingan qo‘shiq deganman. Mayli, meni yolg‘onchiga chiqaringlar, lekin, mening musiqachilarim hali o‘lgani yo‘q, o‘shandan keyin Amerikaga ketib qolganlari bor. Bu yerda ishlayotganlari bor, bemalol so‘rab ko‘rishingiz mumkin. Zokir akani «Afg‘on» studiyasida yozganmiz. Qanday bo‘lganini ana o‘shalardan so‘rasangiz aytishadi. Buyurtma qilingan qo‘shiq edi. Ijro etish majburiyatimiz bor edi.

Men o‘sha paytda bir narsa deyishim mumkin edimi, bu yerda qizim, nevaralarim bor edi. Nima ham deya olardim. Keyin yurtdan chiqarib yuborishgan, hamma narsamni tashlab ketdim. Kim turib bera oldi? Vallomati ham o‘sha paytlarda indamay o‘tirdi-ku. Nega faqat meni gapiraverishadi? O‘sha paytda kallam ketishini poylashganmidi? Nima qilishim kerak edi?!

… O‘lmay qolganimga Xudoga shukr. Men nimalarni yashab o‘tmadim. Hammaga gapirish oson. Oson tutganni boshiga solsin, boshiga solsinda ko‘rsin. Gulnoradan alamim yo‘q, uning mard taraflari ham bor edi. O‘zi yesa ham birovga yedirmas edi, o‘zi chaqsa ham birovga chaqdirmas edi. Shu odatlari bor edi, qo‘ldan kelganicha. Lekin, davlat budjetini o‘marib qo‘yishdi-da... Men u haqda gapirgan bo‘lsam, bilganimni gapirdim. Uni haqorot qilganim yo‘q. Xalqni pulini qaytarib ber, bola-chaqang bilan bemalol yasha.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar