“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:04
ЎЗO‘Z

Shayx yigitning popugini pasaytirib qo‘ydi...

15 dek, 00:17 6 091 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shayx yigitning popugini pasaytirib qo‘ydi... Shayx Sha’roviy rahimahulloh aytadilar “Haddan tashqari mutaassib yigitlardan biri bilan munozara qilib turgandim. Undan “Musulmon davlatlaridan biridagi tungi klubni portlatib yuborish halolmi yoki harommi?” deb so‘radim. U “Albatta, halol va u yerdagilarni o‘ldirish joiz” dedi. Men undan “Agar ularni gunoh sodir etib turganlarida o‘ldirsang, boradigan joyi nima bo‘ladi?” desam, u “Albatta, do‘zax” dedi. Undan yana “Shayton insonlarni (oxiratda) qayerga kirishlarini istaydi?” deb so‘rasam, u “Do‘zaxga, albatta” deb javob berdi. Shunda men “Demak, sizlar bilan shaytonning maqsadi bir ekan-da! Ya’ni odamlarni do‘zaxga kiritish” dedim”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam insonlarning musulmon bo‘lishlarini, do‘zaxdan qutulib qolishlarini qattiq istar, shu bois hammaning hidoyat topishiga haris edilar.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yahudiy xizmatkorlari bor edi. (Bir kuni) u kasal bo‘lib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning holidan xabar olgani bordilar. Uning boshi tarafiga o‘tirib: «Islomni qabul qil», desalar, u oldida turgan otasiga qaradi. Otasi: «Abul Qosimga (bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari) itoat qil», dedi. U yigit Islomni qabul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib ketayotib: «Uni (yigitni) do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.

Shayx Sha’roviy rahimahulloh munozara so‘nggida yigitga bunday deganlar: “Insonlarning hidoyat topishlarini va do‘zaxdan qutulishlarini qattiq xohlaydigan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan sizlarning o‘rtangizdagi farqni o‘ylab ko‘r! Sizlar bir vodiyda bo‘lsangiz, Habib sollallohu alayhi vasallam boshqa vodiydalar”.

Shayx Sha’roviy rahimahulloh o‘sha yigitga tungi klubda ayshu ishrat qilayotganlarni o‘ldirish o‘rniga, ularni to‘g‘ri yo‘lga chorlash, hidoyat ustida yashashlari uchun harakat qilish lozimligini tushuntirmoqchi bo‘lganlar.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar