“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda 65 nafar ishchilar ovqatdan zaharlandi

14 dek, 20:50 4 128 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda 65 nafar ishchilar ovqatdan zaharlandi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “ENTER ENGINEERING PTE. Ltd” kompaniyasining G‘uzor tumanida joylashgan UZGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilaridan 11 nafari ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini ko‘tarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan, o‘zlarining murojaatidan so‘ng guruhli ovqatdan zaharlanish “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilib shifoxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan va ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan iste’mol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tibbiy ko‘rik davomida yana 54 nafar ishchilar zaharlanish aniqlanib, shifoxonalarga olib kelingan.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya bo‘limida 10 nafar, G‘uzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam bo‘limida 2 nafar, jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda.

Vazirlik xabarida aytilishicha, bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari o‘rtacha, og‘ir bemorlar yo‘q. Dori darmonlar zaxiralari yetarli. Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar