“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:44
ЎЗO‘Z

Mustabid sovet tuzumi davrida G‘ijduvoniy va Naqshbandni ziyorat qilishni to‘xtatish buyurilgandi

14 dek, 17:43 3 204 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mustabid sovet tuzumi davrida G‘ijduvoniy va Naqshbandni ziyorat qilishni to‘xtatish buyurilgandi Uzoq o‘tmishda, Sovet hokimiyati davrida yurtimizda masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirilgan edi. Xususan, o‘sha vaqtlarda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Aziz Bahouddin Naqshband ziyoratgohlariga ham sovetlar tomonidan huruj bo‘lgan.

O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1960 yil 14 martdagi 220-son «O‘zSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi moddiy madaniyat yodgorliklarini himoya qilish qo‘mitasiga Buxoro viloyatidagi bir qator yodgorliklarni qaytarib berish to‘g‘risida» qarori qabul qilingandi. (O‘zarxiv. Fond-1206, Ro‘yxat(op)-1, yig‘majild-30, varaq-80).

Qaror ijrosi ko‘p kuttirilmadi. Unga binoan, ishchi-deputatlari Buxoro viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 1960 yil 23 martdagi 6p.166-son qaror qabul qilindi. Ushbu qarorning 3-bandida «muqaddas joylar» yopilgandan keyin tuman ijroiya qo‘mitalariga (rayispolkomlarga) Abduxoliq G‘ijduvoniy va Aziz Bahouddin Naqshband maqbaralarini ziyorat qilishni to‘xtatish» uchun mahalliy organlar orqali barcha choralarni ko‘rish buyurildi.

Ammo xalqimiz o‘z tarixini unutmadi. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng ushbu qadamjolar obod qilindi.

Ma’lumot uchun:
Bahouddin Naqshband rahimahulloh Buxorodan 12 km uzoqlikda Kasri Orifon shahrida dafn etilgan. U Temurning ma’naviy ustozi bo‘lgan va Makkaga 32 marta haj qilgan.

Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi besh yuz yil mobaynida shakllandi. Uning ilk tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz. Bahouddin Naqshband qabrlari oldidagi dastlabki binolar, taxminan hazrat vafotlaridan keyin qurilgan. Me’moriy-arxeologik tadqiqotlar davrida ilk binolarning qoldiqlari va asoslari topildi. Bahouddin Naqshband vafotlaridan ko‘p o‘tmay hazrat maqbaralarining g‘arbiy tomonida qabriston paydo bo‘lib, unda hazratning murid-muxlislari dafn qilina boshlagan.

Keyinchalik bu yerda Buxoroning hukmron sulola vakillari dafn qilinadigan «Daxmai shohon» tashkil topgan. XV asr oxirida Bahouddin Naqshband qabrlari ustiga daxma qurilib, u marmar qoplama va o‘lchamlari bo‘yicha bir-biriga mos keladigan go‘zal naqshinkor marmar panjara bilan bezatilgan. XVI asr birinchi yarmida shayboniy Abdulazizxon (1540-1590) buyrug‘i bilan Bahouddin Naqshband qabrlari atrofi hazira bilan o‘rab olinadi, uning shimoliy-g‘arbiy burchagida esa hijriy 951 (milodiy 1545) yillarda xonaqoh barpo etiladi.
G‘ijduvoniy, Naqshband




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar