“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:24
ЎЗO‘Z

Tanzila Norboyeva: Xalqimiz o‘zi saylagan deputatni yoki senatorlarni taniydimi?

14 dek, 17:23 2 566 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanzila Norboyeva: Xalqimiz o‘zi saylagan deputatni yoki senatorlarni taniydimi? Yalpi majlisni ochib berish davomida so‘zlagan nutqida Senat raisi Tanzila Norboyeva xalq bilan muloqot, xususan fuqarolar bilan ishlash tizimiga oid fikrlarini bildirdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan qat’iy talablar asosida xalq bilan muloqot, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash barcha darajadagi davlat idoralari faoliyatining asosiy mezonlaridan biriga aylandi.

O‘tgan davrda bu borada Senatda ham muhim qadamlar qo‘yildi. Avvalo, Senatning virtual qabulxonasi tashkil etildi. Senatorlar tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etish muntazam yo‘lga qo‘yildi, hamyurtlarimizni tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Mahalliy kengashlarda yuzlab muhokamalar tashkil etildi. Hokimlar, sektor rahbarlari va boshqa turli darajadagi mutasaddilarning hisobotlarini eshitdik. Ko‘plab qarorlar, chora-tadbirlar, “Yo‘l xaritalari” qabul qildik. Ularning ijrosini qat’iy nazoratga oldik va ular bajarilmoqda.

Biroq, o‘tgan davrda xalq bilan muloqot qilish, odamlarning og‘irini yengil qilish borasida ko‘zlagan marralarimizga yetdik, deya olamizmi? Oddiy odamlar ushbu jarayonlardan xabardormi? Fuqarolar parlament a’zolari hududga kelib, ularni qiynayotgan masalalarda o‘rganishlar va tahlillar o‘tkazayotganini biladimi, bilgan taqdirda ham ular bilan yuzma-yuz ko‘rishib, o‘z muammolarini ro‘y-rost ayta olyaptimi? Umuman, xalqimiz o‘zi saylagan deputat yoki senatorlarni taniydimi?

Afsuski, bunday savollarga to‘liq ijobiy javob berish qiyin”, - deydi Tanzila Norboyeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar