“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:46
ЎЗO‘Z

DXX giyohvandlik va psixofaol vositalar savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazdi

14 dek, 17:05 2 660 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX giyohvandlik va psixofaol vositalar savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazdi DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Dang‘ara tumanidagi “Chag‘ali” YPX maskanida “Toshkent-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi “Q.I.” boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida bo‘lgan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi “H.M.”ning yonida 10000 dona “Tramadol” tabletkasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar ushbu tabletkalarni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi “A.R.” va “Z.A.”lar “Tramadol” dori vositasini sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Tekshiruvlar davomida “A.R.”ning yonida 1150 dona, “Z.A.”da esa 800 dona “Tramadol” tabletkasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi “H.E.” o‘z oilasiga tegishli bo‘lgan xususiy dorixonada mamlakatimizda muomalasi cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan “MR SAMNAT Zopiclon” nomli dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, dorixona ko‘zdan kechirilganda, sotish uchun mo‘ljallangan 4950 dona boshqa turdagi psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 0
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 47
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 118
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar