O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minov 29 noyabr kuni tavallud ayyomini nishonladi. Mazkur ayyom munosabati bilan uning o‘g‘li Sardor Mo‘minov otasiga qimmatbaho Mercedes-Benz avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Mercedes-Benz avtomobili xonandaga Nyu-Yorkda o‘g‘li tomonidan taqdim etilgan.
Mazkur holat xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari tomonidan juda iliq kutib olindi.