“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:04
ЎЗO‘Z

Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt hokimligida yaponiyalik mehmonlarni qabul qildi

12 dek, 20:15 2 325 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt hokimligida yaponiyalik mehmonlarni qabul qildi Samimiy va doʻstona ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Toshkent shahar hokimi xalqlarimizni oʻzaro yaqin madaniyat va qator oʻxshash jihatlar birlashtirib turishini alohida eʼtirof etdi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va shahrimizdagi oʻzgarish va yangilanishlarga toʻxtalib oʻtdi. Toshkentda qurilish xajmi bir necha barobar oʻsgani, aholining turmush farovonligini oshirish va yashashi uchun qulay sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar qilinayotgani, ijtimoiy yordam koʻlami ham bir necha marotabaga ortganligini qayd etdi.

Nagoyaning bugungi taraqqiyot darajasi va erishayotgan yutuqlarini eʼtirof etib, kunchiqar mamlakatning ushbu shahri bilan barcha sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan, uning qurilish va investitsiya yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish Toshkent uchun muhimligini aytib oʻtdi.

Yaponiyalik sayyohlarning Oʻzbekistonga tashrifi tobora oʻsib borayotganligiga eʼtibor qaratib, 2019-yilda 2018-yilga nisbatan sayyohlarning tashrif koʻrsatkichi 47 foizga oʻsganligini qayd etdi.

Tashrif doirasida oʻtkaziladigan “Toshkent Nagoyani qarshi oladi” nomli tadbir uzoq muddatli va istiqbolli hamkorlikning mustahkam isboti boʻlishini eʼtirof etib oʻtdi.

Nagoya meri Takashi Kavamura doʻstona munosabat va mehmonnavozlik uchun minnatdorlik bildirib, ularning shahri Yaponiyadagi eng sanoati rivojlangan hudud ekanligini va dunyoda orzular shahri sifatida tanilganligini qayd etdi. Toshkent bilan bugungi kunda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik olib borilayotganligini qayd etib, endilikda savdo-iqtisodiy yoʻnalishda, turizm, sogʻliqni saqlash, taʼlim va ilmiy texnik sohalarida qoʻshma loyihalarini amalga oshirilishini aytib oʻtdi. Hamkorlikning dastlabki bosqichida maktab oʻqituvchilari almashinuvini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.

Uchrashuv doirasida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti bilan Nagoya shahar madaniyat va turizm boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat shaharlar oʻrtasidagi uzoq muddatli qardoshlik munosabatlarini toʻliq mustahkamlashga, birgalikda turizmga oid turli loyihalarni amalga oshirishga va ikki shahar salohiyatini yangi darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar