“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:06
ЎЗO‘Z

«Xizmat» evaziga 400 dollar bermoqchi bo‘lgan qoidabuzarning «aka»si qo‘lga olindi

09 dek, 18:46 2 821 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Xizmat» evaziga 400 dollar bermoqchi bo‘lgan qoidabuzarning «aka»si qo‘lga olindi Foto: IIV matbuot xizmati
Ichki ishlar vazirligining O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limiga viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati bataloni 3-otryadi xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilinayotganligi holati yuzasidan tezkor ma’lumot kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 6 dekabr kuni soat 13:00da Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometri bo‘ylab «Neksiya-2» rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan paytda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatiladi.

Haydovchiga to‘xtatish sabablari tushuntirilib, undan tegishli hujjatlarni taqdim etish so‘raladi. Ammo o‘zini Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan J.B. deb tanishtirgan haydovchi barcha zarur hujjatlar uyida qolib ketganini bildiradi. Shu bois ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

Shu kuni soat 18:30larda Pastdarg‘om tumanidagi «Charxin» qo‘rg‘onida joylashgan viloyat IIB YHXB YPXB 3-otryadi ma’muriy binosiga, mazkur otryad 1-safarbar guruhi inspektori, katta serjant F.Muhammadiyevning oldiga o‘zini haydovchi J.B.ning akasi R. deb tanishtirgan fuqaro keladi. U ukasiga tegishli bo‘lgan avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish va sodir qilgan qoidabuzarligi o‘rniga yengil turdagi qoidabuzarlikni ma’muriy bayonnomaga kiritib berishni so‘rab, bu «xizmat» evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pora taklif qiladi. Katta serjant Muhammadiyev fuqaro R.ga bu harakati qonunga zid ekanligini qanchalik uqtirmasin, u taklifini takroran bildirib, ertaga kelishini aytib chiqib ketadi.

Katta serjant F.Muhammadiyev suhbatni mobil telefon apparatiga yozib oladi va viloyat IIB boshlig‘i nomiga tezkor tadbir o‘tkazishni so‘rab, bildirgi bilan murojaat qiladi.

Ushbu bildirgi asosida 7 dekabr kuni soat 14:00larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1975 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi R.Sh. viloyat IIB YHXB YPXB 3-otryad maskanida katta serjant F.Muhammadiyevga 1750000 so‘m va 200 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar