“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:25
ЎЗO‘Z

Yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan qaziganlar javobgarlikka tortiladi

09 dek, 07:01 2 771 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan qaziganlar javobgarlikka tortiladi Avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish holatlari aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama etildi.

Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida ko‘plab muhokamalar, bahs-munozaralar o‘tkazildi. Ushba jarayonda fraksiya deputatlari ham faol ishtirok etib, yangi tashkil qilinayotgan kichik biznes sub’ektlariga ma’lum muddat soliq imtiyozi berish, mavsumiy ishlar bilan band aholiga mavsumdan tashqari paytda – tadbirkorlik faoliyatini yuritmagan davrda soliq ta’tili joriy etish kabi takliflarni ilgari surdi. Mazkur takliflar qonun loyihasida o‘z aksini topdi.

O‘zXDP fraksiyasi a’zolari ikkinchi o‘qishga tayyorlangan ushbu qonun loyihasini partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, qizg‘in muhokama qildi va takliflarini bayon etgan holda, uni qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, deputatlar O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari tashabbusi bilan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, muhandislik kommunikatsiyasi tarmoqlarini qurish-ta’mirlashda shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining yo‘l qoplamasini demontaj qilish hamda tiklash bo‘yicha ishlarni nazorat etishda muhim omil bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari vakolatlarini belgilovchi alohida yangi 2684-modda kiritish taklif etilmoqda. Ya’ni, avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek, yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish va yo‘l-qurilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 59
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 32
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 557
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 50
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar