“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev 92 nafar mahbusni afv etdi

07 dek, 09:43 3 189 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev 92 nafar mahbusni afv etdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi va bosh qomusimizning 93-moddasi 23-bandiga ko‘ra ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar mahbus afv etilgan.

Afv etilganlardan 20 nafari jazodan to‘liq ozod etiladi, 37 nafari — shartli ravishdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoshi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kishi muqaddam taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishgan.

Qarorni ijro etish doirasida vazirliklar va idoralarga afv etilgan shaxslarga oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish, ijtimoiy moslashuv, foydali mehnatga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashda yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar