“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

Oliy sud Samarqand viloyati bosh arxitektori nima sababdan sudlanayotganini ma’lum qildi

07 dek, 08:30 3 425 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy sud Samarqand viloyati bosh arxitektori nima sababdan sudlanayotganini ma’lum qildi Foto: Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov «Daryo»ga davlat mulkini talon-toroj qilganlikda ayblanib, sudlanayotgan Samarqand viloyati bosh arxitektori Bobur Elmurodov ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar Kamoliddin Shukurov, Bobur Elmurodov va Temur Xoliqulovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, Kamoliddin Shukurov bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirgan holda o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan mansabdor shaxslarining ixtiyorida bo‘lgan va ularga ishonib topshirilgan 7 milliard 553 million 303 ming 163 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilib yuborib davlat manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazishda, takroran g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va takroran taqdim etishda, 2 milliard 491 million 81,2 so‘m soliq bazasi va 217 million 549,4 ming so‘mlik mehnatga haq to‘lash fondini yashirish yo‘li bilan jami 190 million 906,7 ming so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda, 571 million 815,5 ming so‘mlik pul mablag‘larini jamiyatga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalariga topshirmasdan hamda jamiyatga kirim qilmasdan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymat buzishda, g‘arazgo‘ylik yoki boshqacha past niyatlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlarini nobud qilish va ularni yashirishda, davlat organi mansabdor shaxslari bilan bir guruh bo‘lib, o‘z mansab vakolatlaridan bir necha shaxslarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga 278 million 506 ming 284 so‘mlik jo‘da ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan holda qasddan foydalanishda;

Bobur Elmurodov bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirgan holda o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan mansabdor shaxslarining ixtiyorida bo‘lgan va ularga ishonib topshirilgan 7 milliard 553 million 303 ming 163 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilib yuborib davlat manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazishda, bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, o‘z mansab vakolatlaridan fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishida, takroran g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va takroran taqdim etishda;

Temur Xoliqulov davlat ishtirokidagi Samarqand shahar hokimligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi «Kapital qurilish direksiyasi» davlat korxonasi mansabdor shaxsi bo‘la turib, bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, o‘z mansab vakolatlaridan fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishida ayblanmoqda.

Hozirgi kunda sud tergovi davom etib, guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.
Sud jarayoni davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li” 28 apr, 23:33 0
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar