“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:34
ЎЗO‘Z

TIV rasmiysi: «Jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmaydi»

06 dek, 18:33 2 703 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TIV rasmiysi: «Jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmaydi» Ilhom Ne’matov/Foto: Xalqaro press-klub
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmasligi, ularga nisbatan hurmatni oshirish, muloqot qilish madaniyatini kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.

«Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jurnalistlar haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat darajasida. Liberal davlatlarda jurnalistlarning obro‘si juda baland. Ularning fikri ham ichki, ham tashqi siyosatda muhim ta’sir ko‘rsatadi.

Jurnalistlarga bo‘lgan munosabat negativ bo‘lsa albatta, qoralayman. Tashqi ishlar vazirligi xodimlari jurnalistlar bilan muloqotni etika, madaniyat va hurmat tomondan to‘g‘rilashimiz kerak, deb hisoblaydi. Jurnalistlar bilan urishish yaxshilikka olib kelmaydi. Shuni bilish lozim.

Yevropa davlatlarida kimda-kim jurnalistlar bilan aloqani buzsa, oxiri uning o‘zi ishdan ketadi yoki davlat obro‘siga putur yetadi. Jurnalistlarga bo‘lgan hurmatni oshirishimiz kerak. Ular bilan muloqot qilish madaniyatini kuchaytirish zarur», dedi Ilhom Ne’matov.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi O‘zbekiston to‘g‘risida samimiy maqolalar yozayotgan xorij OAV vakillari, ularning pozitsiyasi haqida ham o‘z munosabatini bildirdi.

«Rossiyada elchi bo‘lib ishlaganimda, deyarli har haftada elchixonada turli tadbirlar o‘tkazardik. Ular shunday jurnalistki, agar biror voqea bo‘lmasa, uni hech qachon bo‘ldi, deb yozmaydi. Ular mutlaqo muallaq, mustaqil jurnalist. Hech kimga bo‘ysunmaydi. Ular albatta, xolisona baho beryapti, o‘z fikrini aytyapti. Qandaydir tazyiq orqali fikr bermayapti, buyurtma maqola emas. O‘zbekistonda haqiqatan katta o‘zgarishlar bo‘lyapti», dedi vazir o‘rinbosari Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbirida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar