“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Yangi Soliq kodeksida soliq tekshiruvlari 13tadan 3taga qisqartirilgan

06 dek, 13:17 2 391 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi Soliq kodeksida soliq tekshiruvlari 13tadan 3taga qisqartirilgan Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi keng muhokama etilmoqda. Ayni maqsadda ko‘plab tadbirlar, davra suhbati va seminarlar tashkil qilinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2019 yil 5 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida nafaqat soliq to‘lovchilarning, balki mas’uliyati oshirilgan holda soliq organlarining ham huquq va majburiyatlari aniq hamda lo‘nda belgilab berilgan. Taklif etilayotgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazorat tartib-taomillari soddalashtirilgan hamda soliq tekshiruvlarining turlari 13 tadan 3 taga qisqartirilgan. Soliq organlariga “Tahlika-tahlil” asosida (inspektorning aralashuvisiz) kameral nazorat, joyiga chiqqan holda tekshirish va vakolatli organning roziligisiz soliq auditini tayinlash huquqini beruvchi soliq nazoratini o‘tkazishning yangi tartibi nazarda tutilmoqda. Bunda tekshiruvlar natijalari tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim.

Soliq nizolarini sudgacha hal etish tartibi, shuningdek, soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqqan holda, jazo choralarini belgilash aniqlashtirilgan.

Amaldagi Soliq kodeksidan farqli ravishda hujjatning yangi tahririda soliq organlarining mas’uliyati oshirilgan, bir paytning o‘zida ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olishni (qaytarishni) o‘z vaqtida amalga oshirish mexanizmi taklif etilmoqda.

Bunda soliq summasini qaytarishning o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga penya to‘lash ko‘zda tutilmoqda. Undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari to‘lashi kerak bo‘lgan summalarga qaratish tartibi bekor qilinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, Soliq kodeksi loyihasida soliq to‘lovlarini ta’minlashning yangi dastaklarini tatbiq qilish, kollegial organlarning (komissiyalarning) ishtirokisiz pulli asosda soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish, soliq imtiyozlarini Prezident tomonidan belgilangan stavkani ko‘pi bilan 50 foizga va ko‘pi bilan uch yil muddatga pasaytirish ko‘rinishida berish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi normalarni, shu jumladan, “bitimlarni qayta kvalifikatsiyalash”, “soxta bitimlarni” bekor qilish, firibgarlik bitimlari bo‘yicha chegirmalarni taqdim etmaslikni belgilash taklif qilinmoqda.

Shuningdek, Soliq kodeksining loyihasi transfert narxlarning shakllanishini nazoratga olish bo‘yicha normalar bilan to‘ldirilgan. Transfert narxlar o‘zaro bog‘liq tomonlar o‘rtasidagi bitimlarda shakllanishini va bunday narxlar o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan farqlanishini e’tiborga olib, “o‘zaro bog‘liq shaxslar” va “o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar” tushunchalariga ta’rif berilgan.

Kodeksda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ida ilgari soliq solingan bunday daromad summalari bo‘yicha hisobga olish mexanizmini joriy etish orqali dividendlarga pog‘onali soliq solishdan voz kechish kiritilgan.

Foizlarga to‘lov manbaida emas, balki ularni oluvchilarda (byudjet, notijorat tashkilotlari va norezidentlar bundan mustasno) soliq solish tartibi joriy etilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan tartibda tushumning 25 foizi miqdorida belgilash huquqi berilishi kutilmoqda.

Soliq solinadigan foydani texnologik asbob-uskunalar yoki ko‘chmas mulk ob’ektlarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytirish qismida imtiyozni bekor qilgan holda, ularni xarid qilishda bir yo‘la amortizatsiya chegirmalari tartibi qo‘llanilishi maqsad qilinmoqda.

Avans to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotnomalar bekor qilinib, ular o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra, faqat yirik soliq to‘lovchilar uchun hisoblanadi.
Davra suhbatida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi bilan kiritilayotgan bu kabi o‘zgarishlarning har biri muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar