“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:35
ЎЗO‘Z

Kartoshka va prezident. Skripka siri. Kapalak effekti

04 dek, 20:43 4 343 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kartoshka va prezident. Skripka siri. Kapalak effekti Ilm-fanda “Kapalak effekti” nomli teoriya bor. Misol uchun bugun siz qilgan yoki qilmagan birorta harakat, oradan 100-yil oʻtgach qandaydir katta oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Bu effektni tushuntiruvchi juda koʻp asarlar va filmlar bor. Albatta eng mashhurlari bu mashhur fantast yozuvchi Rey Bredberining “Momaqaldiroq sadosi” hikoyasi, Stiven Kingning “11/22/63” romani va Eshton Kutcher ijrosidagi, rejissyor Erik Bressning “Kapalak effekti” filmidir.

Keling, real hayotda boʻlgan shunday xodisalarni koʻrib chiqamiz
Masalan mashhur italiyalik musiqa asboblari yasovchi usta Antonio Stradivari tomonidan yaratilgan musiqa asboblari hayratlanarli darajada uygʻun tovushga ega. Bu skripkalar xozirda dunyo auksionlarida millionlab dollarga sotiladi.

Olimlar uzoq yillar davomida ustaning sirini ochishga harakat qilishdi. Va oxirida, ular shunday xulosaga kelishdiki: Stradivari tomonidan yasalgan skripka va violonchellarning yogʻochlari odatdagidan farq qiladi.

Stradivari oʻz davrida ushbu musiqa asboblarini ishlab chiqarish uchun, aynan sovuqda oʻsgan daraxtlardan foydalangan. Buning sababi esa oʻsha davrda yuz bergan kichik muzlik davri deb xisoblanadi - butun sayyorada harorat pasaygan vaqt.

Stradivari yashagan Italiyada qor yogʻadi va Adriatika dengizi qirgʻoqlari muz bilan qoplanadi. Aynan shu davrda oʻsgan daraxtlardan yasalgan skripkalar oʻzining moʻjizaviy tovushiga ega. Shuning uchun ham bunday skripkalar yasash hozir mumkin emas. Demak, agar oʻsha paytlarda shunday iqlim boʻlmaganida biz buyuk Stradivarining moʻjizaviy tovushga ega asboblarining musiqasidan bahramand boʻlarmidik?

Yana bir misol, 19-asrning oʻrtalarida Irlandiyada ocharchilik boshlandi. Asosan kartoshka bilan oziqlanadigan dehqonlar ekkan kartoshkalar dalalarning oʻzida fitoftoroz tufayli nobud boʻla boshlaydi. Nam ob-havo esa ushbu oʻsimlik kasalligining keng tarqalishiga yordam beradi.

Dehqonlar 4 yil yaxshi hosil ololmaydi va irlandlar ommaviy ravishda bu yerlardan koʻchib keta boshlaydilar. Minglab kemalar yaxshiroq hayot izlab orolning qirgʻoqlarini tark etadi. Koʻpchilik Amerika Qoʻshma Shtatlariga yoʻl oladi. Natijada, hozirda AQSHda irlandiyalik qochqinlarning 40 milliongacha avlodlari yashamoqda.

Buyuk ocharchilikdan qochganlar orasida Patrik Kennedi va Bridjit Merfilar bor edi. Ular AQSHning boʻlajak prezidenti Jon Kennedining katta bobosi va buvisi edi. Jon Kennedi va umuman Kennedilar sulolasi AQSH tarixida juda katta iz qoldirishgan va xozirgacha juda kuchli klanlardan biri hisoblanadi.

Endi savol, agar oʻsha davrlarda irland dehqonlari kasallik tufayli nobud boʻlayotgan kartoshkalar tufayli ocharchilikka yuz tutishmaganida, AQSH tarixi qanday kechgan boʻlar edi?

Urushning bachkana sababi
Keling oʻzimiz klassik misol tuzib koʻramiz. Faraz qiling, Ispaniya uzumzorlarida ishlab yurgan takasaltang Ignasio, uzumlarning bir dona butasiga yetarli ishlov bermadi, (balki Luizaga oshiqligi uchun chalgʻigan) u ishlov bermagan uzumga virus tushdi ammo uni tekshiruvchi Serhio Ignasioga boʻlgan ishonchi sabab buni payqamay qoldi. Bu uzum vino tayyorlash sexiga ketdi va aynan shu buta uzumlarining konsentratsiyasi bir shisha vinoda tasodifan toʻplandi.

Ushbu vinoni eksport qilishdi va uni Afrikadagi birorta davlat prezidenti administratsiyasidagilar sotib olishdi. Prezident esa bu vinoni qoʻshni davlat prezidentiga sovgʻa qildi. Vinoni ichgan qoʻshni davlatning prezidenti shartli Mobutu Ngbendi esa vinodan zaharlanib yotib qoldi. Bunda esa sovgʻa qilgan tarafni ataylab zaharlashda ayblashdi va ikki davlat oʻrtasida urush boshlandi. Hammasiga boshlangʻich sabab nima edi? Ha, Ignasioning takasaltangligi.

Koʻrib turganingizday, hayotdagi hamma narsada qandaydir balans bor. Ushbu teoriya orqali biz oʻz taqdirimizni oʻzimiz qurishimiz mumkinligini ham isbotlash mumkin. Biz qilgan yoki qilmagan har qanday harakatning ertaga qandaydir natijasi boʻladi. Tishlaringni yuvmaysanmi? Marhamat kariyes, kelaver eshik ochiq! Farzandinga yetarli eʼtibor bermaysanmi? Ertaga buning oqibatlariga tayyor tur.

Endi savol, balki ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashmasangiz ham buning oqibatlari bordur... A Labbay?

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar