“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:52
ЎЗO‘Z

Kimlar volontyorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin?

04 dek, 13:20 3 867 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kimlar volontyorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin? Senatning 24-yalpi majlisida “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullangan edi. Davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.

Oliy Majlis Senati aʼzosi Jamshid Xoʻjayevning yozishicha, volontyorlik faoliyati quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyati subyektlari hisoblanadi.

Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ularning sogʻligʻiga hamda axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazmasa va oʻquv jarayonini buzmasa, amalga oshirishi mumkin.

Volontyor quyidagi huquqlarga ega:
- oʻzining volontyorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishini ushbu Qonunda belgilangan talablarni hisobga olgan holda erkin tanlash;
- agar volontyor hamda volontyorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, har qanday vaqtda volontyorlik faoliyatini erkin ravishda tugatish;
- volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi toʻgʻrisida va volontyorlik tashkiloti haqida ishonchli axborot olish;
- volontyorlik dasturlarini bajarish, volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan yoki tavsiya qilinadigan volontyorlik aksiyalarini va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
- volontyorlik faoliyati tashkilotchisidan va volontyorlik tashkilotidan maxsus kiyim-bosh olish hamda yoʻl haqiga, yashashga, ovqatlanishga, zarur yakka tartibda himoyalanish vositalarini, asbob-uskunalarni olishga sarflangan xarajatlarning va boshqa xarajatlarning oʻrni qoplanishi;
- volontyorlik faoliyati tashkilotchisi va volontyorlik tashkilotidan tavsiyanoma tusidagi xatlarni olish;
- taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport tashkilotlariga va tabiatni muhofaza qiluvchi hamda oʻrmon muassasalarining hududiga mazkur tashkilotlar va muassasalar rahbariyati bilan kelishuvga koʻra volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kirish;
- volontyorlik tashkilotining, volontyorlik faoliyati tashkilotchisining mablagʻlari hisobidan hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qildirish.

Volontyorlik qonun hujjatlari qoidalariga rioya etgan holda volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, volontyorlik faoliyatini ilgari surish hamda amalga oshirish borasidagi xizmatlarini eʼtirof etish va baholash belgisi sifatida jismoniy va yuridik shaxslar mukofotlanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar