“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:57
ЎЗO‘Z

Soliq toʻlovchilarga yaratiladigan yashil, sariq va qizil yoʻlaklar nimani anglatadi?

02 dek, 15:00 2 621 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq toʻlovchilarga yaratiladigan yashil, sariq va qizil yoʻlaklar nimani anglatadi? Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda qoʻmitalari yigʻilishlarida kechayotgan muhokamalarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.

Muhokamalarda soliq tizimida huquqni qoʻllash amaliyotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hisobiga soliq nazoratining tartib-taomillarini yanada takomillashtirish, shu bilan birga, nazorat funksiyalari turlarini imkon qadar kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga soliq toʻlovchilar uchun tahlika-tahlil asosida soliq nazoratining yangi tartibi (kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv, soliq auditi) taklif etilmoqda.

Tahlika-tahlil dasturi faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik subyektlarini muayyan mezonlar asosida, xavflilik darajasiga qarab, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda 3ta segmentga (yashil yoʻlak, sariq yoʻlak, qizil yoʻlak) ajratadi.

Aytilishicha, ushbu dastur jahondagi koʻplab davlatlarda, jumladan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya federatsiyasi kabi rivojlangan davlatlarda hozirda samarali qoʻllanilib kelinmoqda.

Xavflilik darajasi past boʻlgan (yashil yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan hech qachon soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korxonalarga yuqori darajadagi soliq xizmatlari koʻrsatiladi.

Xavflilik darajasi oʻrtacha boʻlgan (sariq yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korxonalarga xato-kamchiliklarini bartaraf etish boʻyicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi hamda ularga nisbatan moliyaviy va maʼmuriy jarimalar qoʻllanilmaydi.

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, buxgalteriya hujjatlarini va hisobvaraq-fakturalarini soxtalashtirish holatlari aniqlangan xavflilik darajasi oʻta yuqori boʻlgan (qizil yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi. Oʻz-oʻzidan aniqki, bunday korxonalar doimiy nazoratda boʻladi.

Bildirilishicha, ushbu tadbirlar soliq nazoratini amalga oshirishning shaffofligini taʼminlab, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar