“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:12
ЎЗO‘Z

Sodiq Safoyev: Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas

30 noya, 20:50 3 035 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sodiq Safoyev: Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas, uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim. U bu haqda Oliy Majlis Senatining ayni paytda davom etayotgan 24-yalpi majlisidagi ma’ruzasida to‘xtaldi.

Sodiq Safoyev xususiylashtirish va monopoliyaga barham berish masalalari korrupsiyaga aloqadorligi, chunki uning birlamchi ildizi iqtisodiy tizimda ekani, o‘ta markazlashgan, iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklanishlar mavjud jamiyatlarda poraxo‘rlikka zamin yaratilishini ta’kidladi.

“Xabaringiz bor, bu davlat xavfsizligiga jiddiy raxna soluvchi jinoyatga qarshi mamlakatimizda tizimli va izchillik bilan kurash olib borilmoqda. Biroq korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarasini past. Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma’lumotiga ko‘ra, shu yil mobaynida turli vazirlik va idoralarning 865 nafar mansabdor shaxs korrupsiya alomatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas. Uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim”, dedi Sodiq Safoyev.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaga korrupsiyaga kurash sohasidagi vaziyat hamda ko‘riladigan chora-tadbirlarga oid parlament so‘rovini yuborishni taklif qildi.

Avvalroq, Sodiq Safoyev Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborotini muntazam ravishda eshitish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiqligini aytgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar