“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:42
ЎЗO‘Z

MIB : Jizzaxda 3700 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi

30 noya, 15:30 2 785 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB : Jizzaxda 3700 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi 2019 yil 29 noyabr kuni Jizzax shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Majburiy ijro byurosi: huquqiy madaniyat, toʻlov intizomi yoʻlida” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda soha mutaxassislari, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Unda dastlab soʻz olganlar tomonidan Majburiy ijro byurosining faoliyati, maqsad va vazifalari, byuro tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid Farmon va Qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, shuningdek, mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyati yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

- Matbuot anjumani tashkil etishdan koʻzlangan maqsad, birinchidan bugungi kunda sohada koʻplab yangiliklar boʻlmoqda va bu yangiliklarni aholiga yetkazishda OAVning oʻrni benihoya katta. Ikkinchidan baʼzida, undiruvchi va qarzdor yoki isteʼmolchilar oʻrtasida huquqiy madaniyatning yetishmasligi oqibatida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu kabi matbuot anjumanlari esa oʻylaymanki, Sizlarning amaliy yordamlaringiz, yaʼni maqola, tele va radiomahsulotlar, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar orqali har qanday tushunmovchiliklarga chek qoʻyadi, – deydi MIB Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi Surʼat Jabborov.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sud va boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan

188 mingta 884 mlrd. soʻmlik ijro hujjatlarining amalda ijrosi taʼminlandi.

Jumladan, 2019-yil davomida viloyat miqyosida elektr energiyasi boʻyicha 286 mlrd. soʻm, tabiiy gaz boʻyicha 183,7 mlrd. soʻm, ichimlik suvi boʻyicha 18,6 mlrd. soʻm, maishiy chiqindi boʻyicha 5,9 mlrd. soʻm jami 494,2 mlrd. soʻm undirilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan jami 83,1 mlrd. soʻm koʻp qarzdorlik undirilishi taʼminlandi. Viloyat byuro organlari tomonidan energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq jami 1092 ta holat aniqlangan.

Tahlil etilayotgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning 7843 ta murojaatlari hal etilgan boʻlib, shundan 3730 ta murojaatlar qanoatlantirilgan holda 2371 nafar fuqarolarning huquqlari tiklangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar