“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:50
ЎЗO‘Z

Prokuratura voyaga yetmagan o‘quvchini so‘roq qilgan IIB xodimlari ustidan ish qo‘zg‘atdi

28 noya, 20:53 3 222 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prokuratura voyaga yetmagan o‘quvchini so‘roq qilgan IIB xodimlari ustidan ish qo‘zg‘atdi Buxoro viloyat prokuraturasi matbuot anjumani
G‘ijduvon tuman prokuraturasi «Daryo» internet nashrida e’lon qilingan «Buxorolik maktab o‘quvchisi: Organ vakili meni urdi va jinoyatni bo‘ynimga olishimni talab qildi» sarlavhali maqolada ko‘rsatilgan holatni o‘rgana boshladi. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi ma’lum qilmoqda.

Tuman prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 2019 yil 12 noyabr kuni G‘ijduvon tumani «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi M.Fozilova tuman prokuraturasiga kelib, shu kuni soat 11:30 larda voyaga yetmagan o‘g‘li F.Toshpo‘latovni 31-sonli umumta’lim maktabidan tanaffus paytida o‘zini G‘ijduvon tuman IIB xodimi deb tanishtirgan Murod va Laziz ismli shaxslar maktab direktori xonasidan olib ketib, o‘g‘lidan suv nasosi va tikuv mashinasini o‘g‘irlaganligini bo‘yniga olishini talab qilgan. O‘g‘lining yuz qismiga urib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligini og‘zaki ravishda bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Fozilova ariza yozib berishdan bosh tortib, murojaatini Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib qoldirganligini va o‘g‘li F.Toshpo‘latovni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tishi uchun qaror berishni so‘rab, tushuntirish xati yozib bergan.

Voyaga yetmagan F.Toshpo‘latovning tanasida jarohatlar mavjud yoki mavjud emasligiga baho berish uchun 12 noyabr kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va shu kuni uning og‘zaki murojaati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, G‘ijduvon tuman «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi A.Toshpo‘latov ham Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan ukasi F.Toshpo‘latovni tuman IIB xodimlari M.Sharipov va L.Naimov urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan. Bu haqdagi xabar tuman prokuraturasiga 18 noyabr kuni kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, 6 noyabr kuni G‘ijduvon tumani «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi D.Raupovaning uyidan noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha IIO FMB surishtiruvchisining yozma topshirig‘iga asosan 12 noyabr kuni G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakillari M.Sharipov va L.Naimov 31-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi F.Toshpo‘latovni 1-son IIBga olib kelib, pedagog-o‘qituvchi ishtirokisiz suhbatlashgan. IIB binosiga kelgan fuqarolarning kirish-chiqishlarni qayd qilish daftaridan ham pedagog-o‘qituvchining ro‘yxatdan o‘tmaganligi hamda voyaga yetmagan F.Toshpo‘latov va o‘qituvchisidan tushuntirish xati olinmaganligi ma’lum bo‘lgan.

26 noyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakili M.Sharipovga nisbatan intizomiy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun viloyat IIBga yuborilgan. Shuningdek, M.Sharipov va L.Naimovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, viloyat IIBga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar