“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:10
ЎЗO‘Z

Toshkentda Isroil instituti filiali ochilishi mumkin

28 noya, 14:05 2 255 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda Isroil instituti filiali ochilishi mumkin Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir S.Umrzoqov va Isroilning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi E.Shapira oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar investitsion va savdo-iqtisodiy sheriklikni faollashtirish uchun Isroil va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini koʻrib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati toʻgʻrisida fikr almashdilar.

Joriy yil davomida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Isroil tashqi ishlar vazirliklararo siyosiy maslahatlarning 5-raundi yakuni boʻyicha erishilgan muhim yutuqlar, Agrobiznes forumi va “V2V” formatidagi qator ishbilarmon uchrashuvlari taʼkidlab oʻtildi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining qishloq xoʻjaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogʻliqni saqlash va taʼlim kabi asosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlariga Isroil tajribasi va texnologiyalarini faol jalb etish hamkorlikni rivojlantirishning ushbu bosqichida ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Uchrashuv ishtirokchilari muhandislik matematikasi va kompyuter texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkentda Xolon texnologiya institutini ochish istiqbollarini muhokama qildilar.

Savdoni rivojlantirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi - hozirgi vaqtda ikkala mamlakatda sanoatning rivojlanish darajasi savdo hajmini sezilarli darajada oshirish uchun yetarli, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Isroilning eksport va xalqaro hamkorlik instituti (IEICI) eksport faoliyatini rivojlantirishda tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyadilar.

Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Isroil hukumatlararo komissiyasining birinchi yigʻilishini oʻtkazish ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni tizimlashtirish va samaradorligini oshirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida ilgari surildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar