“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 13:03
ЎЗO‘Z

Farg‘onada haydovchi “mastlik”ni rasmiylashtirmaslik uchun inspektorga 100 AQSh dollari berdi

27 noya, 12:36 3 490 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada haydovchi “mastlik”ni rasmiylashtirmaslik uchun inspektorga 100 AQSh dollari berdi Farg‘onada profilaktika inspektoriga 100 AQSh dollarini pora sifatida bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni Beshariq tumanida tungi xizmatni o‘tayotgan profilaktika inspektori shubhali tuyulgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi o‘zini Beshariq tumani Pastki Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, fuqaro K.N. deb tanishtiradi. Lekin ushbu fuqarodan spirtli ichimlik hidi kelayotganligi sababli, profilaktika inspektori mastlik holati mavjudligini tekshirib ko‘rish maqsadida Beshariq tuman markaziy shifoxonasiga olib borgan. Tibbiy xulosa fuqaroning spirtli ichimlikdan mast ekanligini tasdiqlagan. Profilaktika inspektori fuqaro K.N.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, avtomashinani tuman IIB jarima maydoniga olib borgan.

24 noyabr kuni fuqaro K.N. profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, to‘plangan hujjatlarni qonuniy hal qilmasligi va avtomashinasini IIB jarima maydonidan chiqarib yuborishi evaziga 100 (bir yuz) AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.

Profilaktika inspektorining bildirgisi asosida, shu kuni soat 15:00 larda fuqaro K.N. profilaktika inspektoriga 100 (bir yuz) AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 50
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 57
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 0
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 0
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Bo‘limlar