“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

Ekspert: Talaba o‘qishni bitirganidan keyin qancha oylik olishini bilishi kerak

23 noya, 17:00 2 225 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ekspert: Talaba o‘qishni bitirganidan keyin qancha oylik olishini bilishi kerak Loyiha boshqaruv milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori Rustam Abduraupovga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy malaka darajasi, professional standartlar jahon darajasida ishlab chiqilsa, ma’lum bir talaba qaysidir mutaxassislikni egallagandan keyin mehnat bozorida taxminan necha pul topishini oldindan biladi.

U bu haqda Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan “Yangilanayotgan jamiyatda yoshlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi konferensiyada aytib o‘tgan.

“Qaysi mutaxassislikni egallasa, kelajakda qancha pul topishini oldindan bilgandan keyin hisob-kitob qilsa bo‘ladi. Shunda ta’limga sarflanadigan pullar xarajat sifatida emas, balki investitsiya sifatida qabul qilinadi. Masalan, abituriyent Diplomatiya universitetiga kiradigan bo‘lsa, bitirganidan keyin qancha oylik olishi, universitetda o‘qish uchun sarflagan pulini necha yilda qaytarib olishini bila oladi. Butun dunyoda shunaqa. Bizda ham shu tizim joriy etilsa ko‘plab muammolarga yechim topiladi”, - dedi Rustam Abduraupov.

Mazkur masala yuzasidan prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
“Nega xorijda ta’limga sarflanadigan xarajatga investitsiya deb qarashadi? Bu orqali inson kelajakdagi oyligi, pul topishini belgilab olishi mumkin. Nega bu narsani O‘zbekistonda qila olmaymiz, degan savol tug‘ilishi mumkin. Kelinglar shu tizimga o‘taylik, degan taklif mantiqan to‘g‘ri. Xorijda ta’limga sarflanadigan pulga xarajat emas, investitsiya deb qaralishining sababi - u yerda oliy ta’lim tizimida xususiy sektor vakillari davlat sektori bilan juda ham yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Misol uchun, dunyoga mashhur Harvard, Stenford universitetlari, Massachusets texnologiya instituti, Uorton biznes maktabi – hammasi xususiy. Dunyodagi top-10 ro‘yxatiga kirgan universitetlarning aksariyati xususiy. Ular o‘zining kontraktini mustaqil tarzda belgilaydi va universitetni bitirib chiqqandan keyin yiliga qancha pul topishiga kafolat beradi. Bizda asosiy ishni davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan qilgani uchun ko‘p masalalar yuzaga keladi. Mana, bizda ham sekin-asta oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik tizimi yo‘lga qo‘yilyapti. Bu hozircha boshlang‘ich bosqichlarda, men o‘ylaymanki, ma’lum vaqtdan keyin xususiy universitetlarning soni ham ko‘payadi”, - degan Alisher Sa’dullayev.

Sa’dullayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar